Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 96.82 Kb.
bet2/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

qichqirmagan bo’lar edi.

  1. Jamiyat tushunchasi?

Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir.

  1. Jamiyat falsafasining tuzilishi va funksiyalari?

Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi.

  1. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasi ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o’rni?

Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta’lim, san’at ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o‘zgalar bilan munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ljobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy bilimlarini samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalanishi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi.


Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan о’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko‘rinadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi.


Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan bo‘lsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi, etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-birlari bilan axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana shu munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi. Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana shunday eng muhim unsurlardan biri - muomala odobidir.


Muomala odobi - u, mohiyatan, o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi.


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling