Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Zardo‘shtiylikning mohiyati nimadan iborat?


Download 96.82 Kb.
bet17/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

Zardo‘shtiylikning mohiyati nimadan iborat?

  • Qadimgi Misr falsafasiga xos xususiyatlarni sanab bering.

    Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bo’lganini ko’rsatadi.Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha tsivilizatsiyalarga xos deyish mumkin.

    1. Yangi davr G’arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolari?

    2. Tasavvufdagi kubraviya, yassaviya va naqshbandiya tariqatlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

    3. Moniy falsafasining mazmunini aytib bering.

    Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardoshtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bolgan. Ular ortasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bolgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.


    Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab otilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardoshtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yolida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat Orta Osiyoda, balki jahonning boshqa olkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning osha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir korsatgan.


    Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam organilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yoq qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bolsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yoldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot tog‘risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yoqotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda kop namunalarini ayovsiz yoq qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g‘orat qilish asosiy orinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bolgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini tog‘ri tushunadigan kishilar birinchi navbatda yoq qilib yuborilgan. Bu tog‘rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini organgan va bilimini boshqalarga orgatadigan kishilarni halok etib va butkul yoq qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bolmaydigan darajada yashirin qoldi». Ushbu asarning boshqa sahifasida ulug‘ vatanparvar olim yuqoridagiga oxshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini oldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bolib, oz ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan boldilar».


    Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bolib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday oktamlik bilan aytish g‘oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon boladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid shorolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol roy bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman oz merosimizdan bebahra bolib qoldik.


    1. Download 96.82 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling