Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


«Veda»lar nima va qachon paydo bo‘lgan?


Download 96.82 Kb.
bet18/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

«Veda»lar nima va qachon paydo bo‘lgan?

Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar toʻplami), "Samaveda" (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon oʻzgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir, togʻlar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qoʻshiqlar, madhiyalar toʻqilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bogʻliq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga koʻra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon maʼbudi, Agni — Olov maʼbudi, Yama — ajal, oʻlim keltiruvchi, Sama — Oy maʼbudasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qoʻshiqlarini toʻplovchilar rishi (ilohiy qoʻshiqlarni toʻquvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson boʻla turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq boʻlgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi.

  1. Insonning kelib chiqishi haqidagi qarashlar?

  2. Pragmatizm tushunchasining asosiy mezon?

Pragmatizm (yun. pragmatos — ish, harakat) — falsafiy taʼlimot. 19-asrning 70-yillarida AQSH da shakllanib keng rivojlandi, bu mamlakat maʼnaviy hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Oʻtmish falsafasini hayotdan ajralib qolgan, mavhum, kuzatuvchan xarakterga ega deb bilgan. P. vakillari "falsafani taʼmirlash" dasturini olgʻa surdilar. Ular falsafa borliq va bilishning ilk asoslarini idrok etishdan iborat boʻlib qolmasligi kerak, balki kishilarning oldida koʻndalang boʻlib turadigan, turli hayotiy vaziyat, faoliyat jarayonida ular duch keladigan muammolarni hal qilishi kerak deb hisoblaydilar. P. amaliyotda insonga nima koʻproq foyda bersa, oʻshanga koʻproq ahamiyat berish zarur degan gʻoyani ilgari suradi. P.ning asosiy gʻoyalari Ch. Pirsnniki boʻlib, qoidalarini U. Jeyms, J. Dyui, F.K. S. Shiller, J.G.Mid ishlab chiqqanlar.[1]


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling