Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 96.82 Kb.
bet21/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

Substansiya nima?

Substansiya (lot. substantia — mohiyat) — narsa va hodisalarning mohiyatini, asosini ifodalovchi tushuncha. Odatda, materiya, modda soʻzining sinonimi sifatida qoʻllaniladi. S. falsafada xilmaxil olamning, obʼyektiv reallikning, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri tarixini, inson bilimlarining natijalarini ham oʻziga qamrab oluvchi konkretlikning nazariy inʼikosi, bilish nazariyasining asosiy tushunchasi sifatida talqin etiladi. Bunday universal mohiyat muayyan narsa, hodisalar va ularning oʻzaro aloqadorliklari orqali namoyon boʻladi. Yunon faylasuflari S. deb narsalarning doimiy, tub va oʻzgarmas xususiyatini, asl mohiyatini anglashgan, universiteta aksidensiya tushunchasini qaramaqarshi qoʻyishgan. Keyinchalik sxolastlar butun mavjudotning asl mohiyatini tashkil etuvchi S. — xudodir degan gʻoyani ilgari surdilar (qarang Sxolastika). Olamning moddiy sababi va ilohiy S. haqidagi dualistik talqinni R. Dekart olgʻa surdi, u Spinoza falsafasida yanada rivojlantirildi. I. Kant Sni tafakkurning aprior shakli, yaʼni tajribadan olingan bilimlarni sintezlovchi shakli deb izohladi. Uning fikricha, S.ning doimiyligi barcha vaqt mobaynida oʻtkinchi boʻlgan narsalarga nisbatangina namoyon boʻladi. Gegel Sni narsalardagi oʻzgaruvchan, oʻtkinchi tomonlarning yaxlitligi sifatida taʼriflab, uni "har qanday haqiqiy rivojlanishning asosidir", deydi.

  1. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari nima?

Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.


Materiya (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda "umuman odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham boʻlmaydi, balki M.ning aniq, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun M. tushunchasini qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan birga M. sof potensiya (yashirin imkoniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan moddiy substansiya deb taʼriflagan va u 17— 18-asr materializmning asosi boʻlgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tushunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, koʻp substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.


  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling