Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m


Download 254.6 Kb.
bet28/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Fs = 20000000 * 5 % / 100 % = 1000000 so‘m.
10-s qaydnomaning 2-va -3 bo‘limlarida har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha materiallarning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i, shuningdek ularning kirim va chiqimi hisob baholarida aks ettiriladi. Chunonchi, bu bo‘limlarda materiallarning chiqimi ularning hisobdan chiqarilish yo‘nalishlarini ifodalovchi sintetik schyotlar hamda analitik schyotlarning aniq moddalari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Qaydnomaning materiallar chiqimini ifoda etuvchi yig‘ma ma’lumotlari korrespondensiyalanadigan sintetik hamda analitik schyotlar bo‘yicha 10-s jurnal-orderga o‘tkaziladi. Bu jurnal-orderda qurilish ishlariga sarflangan materiallarning qiymati materiallar harakati va sarfi to‘g‘risidagi hisobotlarda (M-19 va M-29 shaklli hisobotlar) ko‘rsatilgan harajat ob’ektlari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi.
Qurilish tashkilotlarida ta’minotchilar bilan sotib olingan materiallar bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 6-s jurnal-orderda yuritiladi. Ushbu jurnal-orderga yozuvlar xronologik tarzda ta’minotchilardan olingan materiallarga guvohlik beruvchi schyot-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari qurilish ishlarini buyurtmachilarning o‘zlari taqdim etgan materiallar hamda o‘rnatishga mo‘ljallangan uskunalar asosida ham bajarishlari mumkin. Agar ushbu boyliklarni buyurtmachi tomonidan berilishi qurilish ishlari shartnomalarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda ular qurilish tashkilotlarida balansdan tashqari 003 «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» va 005 «»O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarga yozuvlar faqat bir tomonlama qilinadi. Chunonchi, materiallar va uskunalarning buyurtmachilardan olinishi ushbu schyotlarning debetida, sarflanishi esa kreditida aks ettiriladi.
Qurilish tashkilotlarida buyurtmachilardan qurilish ishlarida foydalanish uchun olgan materiallar va uskunalar bo‘yicha material hisoboti alohida yuritiladi. Bu materiallar va uskunalar faqat buyurtmachilarga tegishli qurilish ishlariga sarflanadi. Olingan materiallar va uskunalarning sarfi M-29 shaklli hisobot va unga ilova qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Buyurtmachilardan olingan materiallar va uskunalarning qiymati qurilish ishlarining umumiy smeta qiymatiga kiritiladi, ya’ni ular pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma-schyot-faktura»da buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan materiallar va uskunalar qiymati alohida qatorlarda ko‘rsatiladi, biroq ular o‘zaro - hisob kitoblarda to‘lov summasiga kiritilmaydi.

  1. Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va


Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling