Debet 4010 «Olinadigan schyotlar»
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Pudratchi tashkilotlarda byudjetga to‘lanadigan QQS summasi bajarilgan ishlarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda schyot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yo‘li bilan topiladi.
21-son BHMSga muvofiq ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schyot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasi hisobot davri mobaynida 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘planadi. Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar», 6100 «Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari kreditlanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda taqdim etishlari lozim. Ushbu hisob-kitob asosida 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘plangan summa kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Kredit 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» Oldingi hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan QQS summasining hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan soliq summasidan ortiq bo‘lgan summasi vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda kamaytirishga olib boriladi. Kamaytirishga olib boriladigan QQS summasi hisoblangan QQS summasidan ortiq bo‘lganida, unda bunday ortiqcha summa (manfiy saldo) qurilish tashkilotiga uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda ushbu ortiqcha summa qurilish tashkilotining shaxsiy schyotida ortiqcha to‘lov sifatida emas, balki manfiy saldo sifatida hisobga olinadi. Ortiqcha to‘langan QQS summasining qurilish tashkilotiga qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |