Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 254.6 Kb.
bet62/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Stf = Std -I
Bu yerda : I - imtiyoz sifatida soliqqa tortiladigan daromaddan chegiriladigan harajatlar.
Soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda soliqqacha foyda summasini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‘yicha harajatlar tarkibida aks ettirilgan harajatlar (masalan, me’yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, me’yordan ortiq vakillik harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa xizmatlari harajatlari, qurilish tashkilotining asosiy vositalari va boshqa aktivlarini sotish va boshqa chiqimlaridan ko‘rilgan zararlar va boshqalar) tushuniladi. Bunday harajatlarning to‘liq ro‘yxati Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan qurilish tashkilotlari soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.
Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar deganda 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan haroajatlar» schyotda aks ettirilgan harajatlar tushuniladi. Ushbu harajatlar foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi.
Soliq bazasidan chegiriladigan harajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2- ilovaga muvofiq o‘tgan hisobot yilida soliq bazasidan chegirilmagan, lekinda keyingi hisobot davridan boshlab 10 yil muddat mobaynida soliq bazasidan chegirilib boriladigan harajatlar tushuniladi. Soliq qonunchiligi hujjatlariga asosan qurilish tashkilotlari soliq bazasidan chegiriladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisob-kitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma’lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatishlari lozim.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling