Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasniflash
- Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra
- Mulkiy kimga tegishligiga ko‘ra
Ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha asosiy vositalarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratish mumkin. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib, chunonchi, bevosita qurilish ishlarini olib borishda ishtirok etadigan mehnat qurollari va vositalari, masalan maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, texnika, transport vositalari, bino va inshoatlar hisoblanadi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ma’muriyat binosi, ofis mebellari, kompyuterlar, boshqaruvga xizmat qiladigan transport vositalari, shuningdek boshqa ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilayotgan ob’ektlar kiradi.
jadval Qurilish tashkilotlari asosiy vositalarining tasnifi
Ishlab chiqarishni borishiga ta’sir ko‘rsatuvchanligiga ko‘ra qurilish tashkilotlarining barcha asosiy vositalari ishlab chiqarishga faol va nofaol ta’sir ko‘rsatadigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Maxsus qurilish mashinalari va mexanizmlari, transport vositalari, ayrim xo‘jalik inventarlari ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadigan asosiy vositalar hisoblanadi. Bino va inshoatlar, mebel va ayrim jihozlar ishlab chiqarishga bevosita faol ta’sir ko‘rsatmaydigan asosiy vositalarga kiradi. Mulkiy kimga tegishligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari xususiy va vaqtinchalik foydalanishga (ijaraga) olingan asosiy vositalarga bo‘linadi. Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko‘ra qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari turli xil bo‘ladi, masalan xorijiy davlatlardan sotib olingan (import) va respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy vositalar, o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalar, ta’sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar va bepul kelib tushgan asosiy vositalar. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling