Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Familiya, ismi sharifi
- MIK bilan hisoblangan bir birlik ish vaqtiga to‘g‘ri keluvchi
- Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi
- Operatsiyaning mazmuni
- Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining taqsimoti
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida dastlab MIK bilan hisoblangan bir birlik ish vaqtiga to‘g‘ri keladigan asosiy ish haqi va mukofat summasi topib olinadi. Bizning misolimizda bu ko‘rsatkich: asosiy ish haqi bo‘yicha 601,25 so‘m (500000 / 831,6); mukofat bo‘yicha 360,75 so‘m (300000 / 831,6). Ushbu ma’lumotlar asosida asosiy ish haqi va mukofat pulining brigada a’zolari o‘rtasidagi taqsimoti hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi (4.2- jadval): jadval Brigada a’zolari o‘rtasida asosiy va qo‘shimcha ish haqlarini taqsimlash hisob-kitobi
Qurilish tashkilotlarida vaqtinchalik mehnat layoqatini yo‘qotganlik uchun beriladigan nafaqa, mehnat ta’tili va boshqa to‘lovlar (moddiy yordam, kompensatsiyalar) umumbelgilangan tartibga asosan hisob-kitob qilinadi. Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi. Majburiy ushlanmalarga xodimlar ish haqidan undiriladigan daromad solig‘i, 2,5 foizlik pensiya fondiga ushlanma, 1 foizlik jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti schyotiga ushlanma, sud ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar, berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlarning arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli to‘lovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori xodimlar oylik ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha ushlanmalarning hisob-kitoblari umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi. Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singari ish haqini berishning bo‘nakli va bo‘naksiz tizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi yarmi tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qo‘llanilganda ish haqi faqat hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi. Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq to‘lashga doir barcha hisob-kitob ma’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlarning shaxsiy varaqalarida yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobini yuritishga asos bo‘ladi. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi Qurilish tashkilotlari mehnatga haq to‘lash hisob-kitoblarning sintetik hisobini 6700 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» va 6720 «Deponentlangan ish haqi» schyotlarida yuritishlari lozim. Ushbu passiv schyotlarning bosh va oxirgi qoldiqlari mos ravishda hisobot oyining boshi va oxirida qurilish tashkilotining o‘z xodimlari oldidagi to‘lanmagan ish haqi hamda deponentlangan ish haqi bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi. Bu schyotlarning kreditida mos ravishda qurilish tashkilotining ish haqi bo‘yich a qarzini ko‘payishi, debetida esa ushbu qarzning kamayishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi (4.3-jadval). jadval Qurilish tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni schyotlarda aks ettirish
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblaming analitik hisobi qurilish tashkilotlarining alohida olingan javobgarlik markazlari (qurilish ob’ektlari, qurilish ishlari turlari, harajat moddalari) bo‘yicha 10-s jurnal-orderda olib boriladi. Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash harajatlarining taqsimoti Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashga ketgan sarf-harajatlarni ikkita guruhga ajratish mumkin: (1) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan harajatlar; (2) qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling