Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi harajatlari


Download 254.6 Kb.
bet37/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi harajatlari. Bu guruhga kiruvchi harajatlar, o‘z navbatida, yana ikki turga bo‘linadi: (1) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi harajatlari; (2) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi harajatlari.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi harajatlariga aniq qurilish ishi uchun uni olib borgan ishchi xodimlarga hisoblangan to‘g‘ridan - to‘g‘ri mehnat haqlari kiritiladi. Bitta qurilish ob’ekti bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi harajatlari boshqa qurilish ob’ektiga doir mehnat haqi harajatlariga kiritilishi mumkin emas. Bunday harajatlar buxgalteriyada 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti doirasida har bir qurilish ishlari ob’ekti uchun ochilgan mos analitik schyotlarda aks ettirilishi lozim.
Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi harajatlariga barcha qurilish ob’ektlariga taalluqli bo‘lgan hamda ular o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan mehnatga haq to‘lash harajatlari kiradi. Bunday harajatlar bo‘lib, jumladan, qurilish mashina va mexanizlarining boshqaruvchilariga (mashinstlarga) hisoblangan ish haqi, yordamchi avtoxo‘jalik xodimlariga hisoblangan ish haqi va shu kabilar hisoblanadi. Ushbu turdagi yordamchi xo‘jaliklar hisobot oyida turli qurilish ob’ektlariga xizmat ko‘rsatganligi uchun hisoblangan ish haqi harajatlarini u yoki bu qurilish ob’ekti tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan ish haq harajatlari dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» va 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotlarida to‘planadi, so‘ngra esa hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ra tegishli qurilish ishlari o‘rtasida taqsimlanadi hamda mos ravishda ularning tannarxiga kiritiladi.
Hisobot oyida mehnatga haq to‘lash harajatlarini qurilish ishlari o‘rtasida quyidagicha hisob-kitob qilinadi (4.4-jadval). Ushbu ma’lumotlar RT-2 hamda RT- 5 s shaklli ishlov qaydnomalarida o‘z akini topadi.

  1. jadval


Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling