Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 254.6 Kb.
bet2/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

© SamISI, K.B.Urazov, 2007.
K I R I Sh
Respublikamiz iqtisodiyotini ravnaqida uning barcha tarmoq va sohalari o‘z o‘rniga ega. Chunonchi, respublikamizda 2005 yilda yaratilgan 15210,4 mlrd.so‘mlik yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 50,7 foizi tovarlar ishlab chiqarish sohasiga, shundan 20,7 foizi sanoat ishlab chiqarish, 25 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,9 foizi qurilish, 0,1 foizi boshqa sohalarga; 38,3 foizi xizmatlar ko‘rsatish sohasiga, shundan 11,3 foizi transport va aloqa, 9,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 17,8 foizi turli boshqa xizmatlar sohalariga; 11 foizi esa mahsulotlar hamda eksport- import operatsiyalaridan olingan sof soliqlarga to‘g‘ri kelgan1.
2006 yilda mamlakatda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishga erishildi. Chunonchi, yaratilgan YAIM hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,3 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 10,8 foizga, qishloq xo‘jaligining 6,2 foizga, investitsiyalarning 11,4 foizga, qurilish-pudrat ishlarining 12,8 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlarning 19,5 foizga o‘sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo‘lib xizmat qildi .
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yilda mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida davlatimizning 2007 yilgi iqtisodiy dasturi negizida yotuvchi yettita eng muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Ushbu eng muhim ustuvor yo‘nalishlarning birinchisi - bu barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishni, uning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilashni, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishni ta’minlash .
Respublikamizda barqaror va muvozanatlashtirilgan o‘sish sur’atlarini ta’minlashda qurilish tarmog‘i muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, ushbu tarmoq xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga kiritishga mo‘ljallangan investitsiyalarni haqiqatda ro‘yobga chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Qurilish tarmog‘ining o‘rni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasini yaxshilashda, modernizatsiya qilishda, texnik va texnologik jihatdan yangilashda beqiyosdir. Shu bois ham bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda qurilish tarmog‘ini ravnaq toptirish, uning moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash, ushbu tarmoq sub’ektlariga yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Qurilish tarmog‘i xalq xo‘jaligining boshqa tarmoq va sohalaridan turli jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Ushbu farqli jihatlar ularni boshqarish uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va uzatish vositasi bo‘lgan buxgalteriya hisobiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy hol. Aynan shular qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlarini «Boshqa 2 3 4 tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining tarkibida maxsus bo‘lim sifatida chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
E’tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu ma’ruza matnlarida qurilish tarmog‘iga tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, ularning texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa jihatdan mavjud bo‘lgan xususiyatlari, ushbu xususiyatlarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishga ta’siri ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish tashkilotlarida maxsus qurilish mashinalari va uskunalari, ularning ish faoliyati, saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishi, qurilish materiallari harakati, bajarilgan qurilish ishlariga ketgan bevosita material va mehnat harajatlari, yordamchi ishlab chiqarish va boshqa umumishlab chiqarish ustama harajatlari hisobi, shuningdek qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish xususiyatlariga qaratilgan. Qurilish tarmog‘iga tegishli xo‘jalik sub’ektlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar, buyurtmachilar bilan hisoblashishlar, pudratchi va subrudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar, turli boshqa daromad va harajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yakuniy moliyaviy natijalarning shakllantirilishi, ularning hisob va hisobotda aks ettirilishi bevosita tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda ochib berilgan.
To‘plamga kiritilgan har bir mavzu oxirida unga doir tayanch atama va iboralar, o‘z o‘zini nazorat qilish maqsadida testlar, situatsion masalalar berilgan, shuningdek mavzu savollarini chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan me’yoriy hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro‘yxati keltirilgan.
To‘plamdan joy olgan ayrim mavzular respublikamizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida yetarlicha o‘z aksini topmagan. Ishda ushbu mavzular respublikamizda oxirgi yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga hamda muallifning amaliyotchi buxgalter va auditorlik tajribasiga asoslanib talabalarga tushunarli tilda yetkazib berishga harakat qilingan. Muallif taqrizchilarga, shuningdek uni yanada boyitish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini beruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling