Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Mavzu 1. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI


Download 254.6 Kb.
bet3/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Mavzu 1. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI
Ma’ruza rejasi:

  1. Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari

  2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari

  3. Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari 1

Qurilish tashkilotlari iqtisodiyotning «Qurilish» deb atalgan tarmog‘i quyi bo‘g‘inini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klasssifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:

  • 60000 -Qurilish;

  • 61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa

ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;

  • 62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital

ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;

ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  • 65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  • 66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;

  • 69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari

Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin. Ushbu maqomdagi qurilish tashkilotlarini tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Nomlanishiga ko ‘ra ham qurilish tashkilotlari turlichadir. Chunonchi, ularning eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna (XMK-PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bunday nomni berilishi negizida ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus harakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho‘’ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham mavjud.
Faoliyat yuritish doirasiga ko ‘ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo qurilish tashkilotlariga bo‘linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga ko ‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi.
Xodimlarining soniga ko ‘ra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha, o‘rta korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 100 tagacha va yirik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 100 dan oshiq bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi.
Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling