MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN
ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
1.O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashtirish to‘g‘risida», 2000 yil 25 may (keyingi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003 yil 12 sentyabr, 395-son.
3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003 yil 24 sentyabr, 4095-son.
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. O‘z.R. AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 475.
BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O‘z.R. AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.
Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004.
Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. - T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003.
Mavzu 2. QURILISH TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR
HISOBINING XUSUSIYATLARI
Ma’ruza rejasi:
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakatining hisobi
Qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining hisobi
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullarini qo‘llash xususiyatlari
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarning tasnifi,
tavsifi va baholanishi
Qurilish ishlarini turli mehnat qurollari hamda vositalarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunonchi, yer osti va ustidagi, turli chuqurlik va balandliklardagi ishlarni bajarish uchun qurilish tashkilotlariga harakatlanuvchi kranlar, buldozerlar, ekskavatorlar, beton qorish mashinalari, bo‘yoq va ohak purkagich apparatlar, elektr randa va arralar hamda boshqa shu kabi maxsus texnika, mashina va uskunalar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishga kerakli bo‘lgan ko‘p miqdordagi materiallarni tayyorlash, saqlash va ularni qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida yetkazib berish turli ta’minot, ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi binolar, inshoatlar, transport va boshqa mehnat vositalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bularning barchasi qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni muhim ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi. Bu, o‘z navbatida, qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar holati va harakati, eskirishi va yangilanishi, samarali ishlatilishi ustidan uzliksiz nazoratni o‘rnatish, shuningdek ular hisobini o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish talabini qo‘yadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan asosiy vositalarni turlicha tasniflash mumkin (2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |