ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi hujjatlar balansida maxsus
qurilish mashinalari va uskunalariga ega bo‘lgan va ular yordamida boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarida qo‘llaniladi.
Ko‘tarish krani ishi haqida bildirgida (ESM -1 shakl) uning qaysi ob’ektda ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi asosida ko‘tarish krani tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma bosh pudratchi tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat bosh pudratchi va ko‘tarish kranida ishlarni bajargan ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl) mashinistga ob’ektga yetkazish oldidan to‘ldiriladi. Unda mashinaning nomi, texnik ma’lumotlari, mashinistning ismi-sharifi, unga berilgan topshiriqlar, topshiriqni bajarishga kirishish va uni yakunlash muddatlari ko‘rsatiladi.
Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl)da xuddi (QMF - 1 shakl)dagidek boshqa qurilish mashinalari (beton qorish, ekskavator, buldozer, greder va shu kabilar) tomonidan har bir ob’ektda bajarilgan ishlarning turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzishga asos bo‘ladi. Bu ma’lumotnoma ham bosh pudratchi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi hamda bosh pudratchi va ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
ESM-4 shakl, ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar o‘z balansida qurilish mashinalari bo‘lgan barcha turdagi qurilish tashkilotlarida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |