Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Asosiy vositalarning tugatilishi
- 3.Asosiy vositalarning bepul berilishi
- 4.Asosiy vositalarning ta’sis badali sifatida kiritilishi
- Qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining hisobi
Asosiy vositalami sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq kodeksiga muvofiq (22-modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi. Asosiy vositalarni tugatish ularning to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holati yo‘qotilgan hollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos bo‘ladi. Qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining hisobi Qurilish tashkilotlarida maxsus mashina va uskunalar ish faoliyatini alohida hisobga olib borishning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, maxsus qurilish mashina va uskunalarining qimmat turishi ulardan unumli va samarali foydalanish talabini qo‘yadi; ikkinchidan, qurilish mashina va uskunalaridan qurilish ishlarini bajarishda faqat tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir qurilish ob’ekti bo‘yicha hisobini olib borishni taqozo etadi; uchinchidan, ularning qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, o‘rnatilishi va ishlatilishi ma’lum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga qat’iy amal qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek bu maqsadlar uchun qo‘shimcha sarf-harajatlarni talab qiladi. Ta’kidlash joizki, respublikamizda qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatini hisobga olish uchun maxsus me’yoriy hujjatlar qabul qilingan emas. Qurilish tashkilotlarida bugungi kunda qurilish mashinalari va uskunalari ish faoliyatining hisobiga doir dastlabki hujjatlar, ularni tuzish, ishlovdan o‘tkazish sobiq SSSR davrida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asoslanilgan holda amalga oshirilmoqda. Qurilish mashina va uskunalari ish faoliyatini aks ettiruvchi boshlang‘ich hujjatlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ko‘tarish krani ishi haqida bildirgi (ESM -1 shakl); qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl); qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl); qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl); qurilish mashinasi (uskunasi) ishi hisobi kartasi (ESM-5 shakl); qurilish mashinalari (uskunasi) ishi hisobi jurnali (ESM-6 shakl); bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl). Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling