Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
To‘liq tugallanish usulida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar qurilish ishlari to‘liq yakunlangan va buyurtmachiga topshirilgandan so‘ng yuqorida nomlari zikr etilgan dalolatnoma va ma’lumotnomalar asosida tan olinadi. Qurilish ishlari to‘liq yakunlanmaguncha unga sarflangan barcha harajatlar tugallanmagan qurilish sifatida hisobga olib boriladi. «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» asosida bajarilgan ishlardan olingan daromad summasiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 4010 «Olinadigan schyotlar» Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan daromad» Tugallanish foizi usuli qo‘llanilganda dastlab yaxlit qurilish ob’ektining tugallanish foizi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich jami ketgan sarf-harajatlarni qurilish ob’ektining smeta tannarxiga bo‘lish va 100 foizga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Topilgan tugallanish foizi qurilish ishining tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi daromad qismini topishga asos bo‘ladi. Qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi daromad uning jami smeta bo‘yicha kelishuv qiymatini (QQS siz) tugallanish foiziga ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish orqali topiladi. Misol. Aytaylik, qurilish ob’ektining shartnoma qiymati 60000000 so‘m, shundan QQS (20 %) 10000000 so‘m. Demak, qurilish ob’ekti bo‘yicha sof tushumning shartnoma qiymati 50000000 so ‘m (60000000 - 10000000). Qurilish ob’ektining smeta bo‘yicha tannarxi 35000000 so‘m. Qurilishning tugallangan qismining haqiqiy tannarxi 28000000 so ‘m. Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra: qurilishning tugallanish foizi - 80,0 % (28000000 / 35000000); qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi yalpi tushum - 48000000 so‘m (60000000 * 80 % / 100 %); qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi sof tushum (daromad) - 40000000 so‘m (50000000 * 80 % / 100 %); qurilishning tugallangan qismiga to‘g‘ri keluvchi QQS summasi 8000000 so‘m (48000000- 40000000). Daromadlarni tugallanish foizi asosida tan olish usulida qurilishning tugallangan qismining qiymati va tugallanish foizi pudratchi hamda buyurtmachilar tomonidan imzolangan «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat asosida qurilish tashkilotida bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromad hamda QQS summalariga yuqorida keltirilgan mos ravishdagi buxgalteriya yozuvlari beriladi. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling