Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Debet 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari» Kredit


Download 254.6 Kb.
bet53/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Debet 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari»
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
Naqd va naqdsiz pulga sotilgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisobdan chiqarilishiga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi»
Kredit 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Sotilgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha haridorlar bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi 5-s qaydnomada ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.

  1. ASOSIY FAOLIYATDAN FOYDA (Faf) yoki ZARAR (ZAF). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:

Faf (Zaf) = Fs (Zs) -Dx + Bod
Bu yerda: Dx- davr harajatlari; Bod - asosiy faoliyatdan olingan boshqa operatsion daromadlar.
Qurilish tashkilotlarining davr harajatlari deganda ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlari, ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish, ma’muriy-boshqarish va boshqa operatsion faoliyatga doir harajatlar tushuniladi. Ushbu harajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi, shuning uchun ular hisobot davri harajatlari deb ham ataladi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida davr harajatlarining hisobi 9410 «Sotish harajatlari», 9420 «Ma’muriy-boshqaruv harajatlari», 9430 «Boshqa operatsion harajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotlarida olib boriladi. Ushbu schyotlarda aks ettiriladigan harajatlarning tarkibiy elementlari «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom»da keltirilgan. Chunonchi, qurilish tashkilotlarida sotish harajatlarining asosiy moddalariga reklama harajatlari, mahsulot, ish va xizmatlarni sotish bilan bog‘liq safar harajatlari, i shva xizmatlarni sotishga oid xodimlarga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, tayyor mahsulotlarni sotishga tegishli asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiyasi) summasi, transport harajatlari va boshqalar kiradi. Sotish harajatlari 9410 «Sotish harajatlari» schyotining debetida va bu harajatlarning aniq turini ifodalovchi boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Ma’muriy-boshqaruv harajatlariga qurilish tashkilotining boshqaruv apparati xodimlariga hisoblangan ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, amortizatsiya harajatlari, safar harajatlari, telefon aloqasi va boshqa shu kabi boshqaruv bilan bog‘liq harajatlar kiradi. Ma’muriy-boshqaruv harajatlari 9420 «Ma’muriy- boshqaruv harajatlari» schyotining debetida va aniq harajatlarni ifodalovchi boshqa schyotlarning (0200, 0500, 1000, 5010, 5110, 6710, 6520, 6990) kreditida aks ettiriladi.
9430 «Boshqa operatsion harajatlar» schyotida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining umumxo‘jalik faoliyatiga doir davr harajatlari (moddiy yordam, kompensatsiyalar, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv solig‘i, pensiya fondiga, yo‘l fondiga, maktablarni rivojlantirish fondiga majburiy ajratmalar, mulkni sotishdan va berishdan ko‘rilgan zararlar va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Bunda operatsion harajatlarning aniq moddalarini ifodalovchi boshqa schyotlar (1000, 5010, 5110, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220) kreditlanadi.
«Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotining debetida yil mobaynida qurilish tashkilotlarining kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr harajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion harajatlar) aks ettiriladi. Ushbu turdagi davr harajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Kelgusida soliq bazasidan chegirib boriladigan harajatlar bu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va shu kabilar) kreditida aks ettiriladi.
Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr harajatlari» schyotida belgilangan muddatda ko‘rsatib boriladi.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling