Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga


Download 254.6 Kb.
bet54/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlariga ularning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, materiallarini sotishdan foyda, o‘ndirilgan jarimalar, voz kechilgan kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli ijaradan daromadlar, beg‘araz qaytarilmaydigan moliyaviy yordam, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari, inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, o‘tgan yillarning foydasi kabilar kiradi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatidan olingan qo‘shimcha daromadlar 9300 «Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Chunonchi:

  • 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida o‘z asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti debetlanadi.

  • 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotining kreditida materiallar, xo‘jalik inventarlari va nomoddiy aktivlarni sotishdan hamda boshqa chiqimlaridan olingan foyda summasi aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti debetlanadi.

  • 9330 «Undirilgan jarimalar, penya va ustamalar» schyotining kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarining buzilishi natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarning qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi, ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar», 4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» debetlanadi.

  • 9340 «O‘tgan yillar foydasi» schyotining kreditida hisobot yilda aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib, masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni kamaytirilishi va boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy valyutadgi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 4000 «Olinadigan schyotlar» debetlanadi.


  • Download 254.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling