UMUMXO‘JALIK FAOLIYATIDAN FOYDA (Fux) YOKI ZARAR (Zux). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf - Zmf
Bu yerda: Fmf - moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlar 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Bu schyotlarning kreditida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. Bunda olinadigan royalti, dividend va foizlar, debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (4810, 4820, 4830, 4010 va boshqalar) debetlanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal- orderda olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir harajatlarning hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
9610 «Foiz ko‘rinishidagi harajatlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida va 6920 .Hisoblangan foizlar» schyotining kreditida yil maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan harajatlar aks ettiriladi.
9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar» - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida balansning valyuta moddalarini ifodalovchi schyotlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqdan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schyotlarning (4010, 4310, 5020, 5210, 5220, 6010, 6310 va boshqa schyotlar) kreditida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |