Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» Kredit
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi va hisobi. Mikrofirma va kichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilotlari uchun yagona soliq to‘lovi yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lash o‘rniga joriy etilgan. Ushbu soliqni to‘lovchi qurilish tashkilotlarida materiallar (ishlar, xizmatlar) harid qilinganda ta’minotchi va subpudratchi tashkilotlarga to‘langan QQS summasi material boyliklar (ishlar, xizmatlar) qiymatiga kiritiladi. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchi qurilish tashkilotlari ixtiyoriy tarzda ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga navbatdagi chorak boshlanishiga qadar bir oydan kechiktirmay, yangi barpo etilayotgan mikro va kichik korxona maqomidagi qurilish tashkilotlari esa - faoliyatni amalga oshirishni boshlashga qadar topshiriladigan ariza asosida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashlari mumkin. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bosh tortish navbatdagi yil boshlanishiga qadar bir oydan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan ariza asosida navbatdagi yilning boshidangina amalga oshiriladi. Yagona soliq to‘lovini to‘lash ob’ekti bo‘lib qurilish tashkilotlarining barcha faoliyat turlaridan olgan yalpi tushumi hisoblanadi. Yagona soliq to‘lovi summasi yalpi tushum summasini ushbu soliqning belgilangan me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Bunda, ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, biroq yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdoriga kamayadi. Yagona soliq to‘loviga tortiladigan yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 1.O‘z kuchlari bilan bajarilgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv ishlarining hajmi. Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar, ya’ni: a) undirilgan yoki qarzdor e’tirof etgan jarimalar, penyalar, neustoykalar hamda xo‘jalik shartnomalarining shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari; b) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar daromadlari; v) renta daromadi, qurilish tashkiloti huzuridagi oshxonalardan tushumlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tushumlar; g) asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan daromadlar; d) kreditorlik va deponentlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar; ye) tovar-moddiy boyliklarini qo‘shimcha baholash; j) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan, tekinga olingan mol-mulk; z) qisqa muddatli ijaradan daromadlar; i) ilgari chiqarib tashlangan harajatlarni qoplash tariqasida olingan daromadlardan tashqari boshqa operatsion daromadlar; Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, ya’ni: a) olingan royalti va kapital transferti; b) O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar; v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan daromad (marja); g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan daromadlar (musbat va manfiy kurs farqlari o‘rtasidagi saldo), bunda manfiy kurs farqi summasi musbat kurs farqi summasidan oshib ketgan holda oshib ketish summasi yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi; d) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar; ye) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar; Favqulodda daromadlar. Soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi tushumdan chiqarib tashlanadi: ixtyoriy ravishda o‘z arizasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi; davlat subsidiyalari summasi; v) davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar; g) to‘lov manbaida soliq to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatlar (ma’lumotnoma) mavjudligida dividendlar va foizlar. Yagona soliq to‘lovi har chorakda o‘sib boruvchi yakun bilan hisob-kitobni topshirish muddatidan kechiktirmay to‘lanadi. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha hisob-kitoblaming buxgalteriya hisobi 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyotida yuritiladi. Belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan yagona soliq to‘lovi buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling