Beg‘araz olingan mulk deganda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan haqi to‘lanmaslik sharti bilan olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatishga mo‘ljallangan jihozlar, materiallar) tushuniladi.
Grantlar deganda qurilish tashkilotiga davlat (xukumat) hamda nodavlat, chet el, halqaro tashkilot va fondlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun berilgan beg‘araz, gumanitar pul mablag‘lari yoki moddiy texnik yordam summasi tushuniladi. Grant mablag‘lari qat’iy belgilangan maqsadlar uchun ishlatiladi.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 10 foizlik dividend solig‘iga tortilishi munosabati bilan foyda (daromad) solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‘i hisob-kitobining alohida satrida ko‘rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend solig‘ini undirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha imtiyozlar sifatida soliqqa tortiladigan daromad summasidan chegirib tashlanadigan harajatlarning turlari, imtiyoz me’yorlari Soliq kodeksi va foyda (daromad) solig‘ini hisoblash va to‘lash bo‘yicha yo‘riqnomada ochib berilgan.
Foyda (daromad) solig‘i (Nf) summasi korxonaning soliqqa tortiladigan foydasi summasini (Stf) soliq me’yoriga (Sm) ko‘paytirish va 100 foizga bo‘lish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
Nf = Stf *Sm : 100%
Hisob-kitob asosida hisoblangan daromad (foyda) summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9810 «Daromad(foyda) solig‘i bo‘yicha harajatlar»
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Pudratchi tashkilotlarni byudjetga daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha qarzlarining to‘lanishiga quyidagicha yozuv qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |