Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
jadval Qurilish tashkiloti to‘laydigan soliqlarning tavsifi
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olib boriladigan schyotlarining turi
- Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar
- Bilvositalar soliqlar yoki egri soliqlar
- QQS hisob-kitobi va hisobi.
jadval
Qurilish tashkiloti to‘laydigan soliqlarning tavsifi
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qurilish tashkilotlari to‘laydigan soliqlar bevosita va bilvosita yoki, mos ravishda, to‘g‘ri va egri soliqlarga, respublika byudjetiga va mahalliy byudjetga to‘lanadigan soliqlarga, olinadigan schyotlar, harajatlar, daromadlami ishlatilishi hamda xodimlar va ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlarga olib boriladigan soliqlarga bo‘linadi. Bevositalar soliqlar yoki to‘g‘ri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar harajatlarni ko‘paytirish yoki olingan daromadning bir qismini undirish hisobidan pirovard natijada erishiladigan sof foyda summasini kamaytirishga olib keladigan soliqlar hisoblanadi. Davlatimiz soliq siyosati negizida bu soliq turlari yukini doimiy kamaytirib borish, ularning rag‘batlantirish rolini oshirish yotadi. Bilvositalar soliqlar yoki egri soliqlar deganda qurilish tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan soliqlar tushuniladi. Ushbu soliqlar sotilgan mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bahosi ustiga byudjet foydasi uchun qo‘yiladigan ustamalardir. Dividend va xodimlar daromadlaridan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar guruhiga kirishiga sabab shundaki, ular qurilish tashkilotlari harajatlarini ko‘paytirish yoki olingan sof foydani kamaytirishga olib kelmaydi. Qurilish tashkilotlari dividend va xodimlar daromadidan soliqlarni byudjetga o‘tkazib berishda beg‘araz xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlarida bevosita va bilvosita soliqlarni hisob-kitob qilish, ularni byudjetga o‘tkazib berish respublikamiz Soliq kodeksida belgilangan umumiy tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Shu bilan birga qurilish ishlarining uzoq muddatlarda olib borilishi, ularni bosh pudratchi va subpudratchilar tomonidan o‘z kuchlari bilan hamda hamkorlikda bajarilishi, daromadning bosqichma-bosqich yoki yoppasiga topshirish usullaridan biri bo‘yicha tan olinishi, shuningdek boshqa jihatlar ayrim soliqlarning hisob-kitob qilinishida o‘ziga xos xususiyatlar borligidan darak beradi. Quyida qurilish tashkilotlarida QQS, daromad (foyda) solig‘i va yagona soliq to‘lovini hisob-kitob qilish hamda ularni hisobga olishdagi xususiyatlarga to‘xtalamiz. QQS hisob-kitobi va hisobi. Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash kabi ishlarni bajaruvchi pudratchi tashkilotlarda QQS bo‘yicha soliq solish ob’ekti bo‘lib bajarilgan va buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob hujjatlariga kiritilgan ishlarning shartnomaviy narxlardagi qiymati hisoblanadi. Qurilish ishlari pudratchi yoki subpudratchi tashkilotlar tomonidan pudratchi (subpudratchi) va buyurtmachilar taqdim etgan materiallar asosida bajarilganda, ushbu materiallarning qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bunda qurilish ishlariga sarflangan moddiy resurslar bo‘yicha to‘langan QQSning summasi ishni bajargan pudratchi tashkilotlarda byudjet oldidagi to‘lovlarni kamaytirishga olib boriladi. Pudratchi tashkilotlar subpudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini (qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruksiyalar, buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir ob’ekt qurilishi doirasida sotganida, ularga QQSni kiritmasdan, qo‘llanadigan narx va tariflardan kelib chiqqan holda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar (byudjet pul mablag‘lari, davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari), hukumat qarorlari bilan belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadigan ob’ektlarni “ipidan ignasigacha” qurish chog‘ida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha harajatlar ob’ekt foydalanishga topshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va pudratchida QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi. Tugallanmagan qurilish bo‘yicha harajatlar pudratchida ob’ektni loyihada nazarda tutilgan ishlarning barcha hajmini bajarish, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlari, ob’ektni texnologik va muhandislik uskunalari bilan butlash bo‘yicha foydalanishga topshirish dalolatnomasiga ko‘ra QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi kerak. Bunda, pudratchida tugallanmagan qurilish harajatlari bo‘yicha kamaytirishga olib boriladigan QQSning summasi bo‘lib, ushbu harajatlarni soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi chog‘ida schyot - fakturalar bo‘yicha olingan soliq summasi hisoblanadi. Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan va buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo‘yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi: - usul. Soliqqa tortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda: Sqqs = Say x S / 100 (1) bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi; Say - soliqqa tortiladigan aylanma; S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. -usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda: Sqqs = Tq x S / (S + 100) (2) bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan qurilish ishlari qiymati. Misol: bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan qurilish ishining qiymati ma’lumotnoma-schyot-faktura bo'yicha QQS bilan birgalikda 240 mln. so‘m, deylik. Ushbu misol bo‘yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi va u 40 mln. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda bajarilgan qurilish ishining QQSsiz sotish qiymati 200 mln. so‘mdan (240 -40) iborat bo‘ladi. QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymatidan (1)-formula bo‘yicha hisoblanganda ham 40 mln. so‘mni (200 * 20% / 100 %) tashkil etadi. Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura»da alohida qatorda ko‘rsatiladi. QQS summasi buyurtmachilardan olinadigan schyotlarning jami summasiga kiritiladi. Hisoblangan QQS summasiga quyidagicha yozuv qilinadi: Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling