Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


“Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha harajatlar” -


Download 254.6 Kb.
bet57/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha harajatlar” - ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida qurilish tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6710, 6520, 6990) kreditida aks ettiriladi.

9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida qurilish tashkilotining moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va boshqa schyotlarning (0600, 5800, 6990) kreditida aks ettiriladi.
4.SOLIQQACHA FOYDA (Fst) YOKI ZARAR (Zst). Bu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff —Fz
Bu yerda: Fd -favqulotdagi foyda; Fz - favqulotdagi zararlar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida favqulotdagi daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida, favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida hisobga olinadi. Favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 0100, 040o, 0700, 1000, 28o0, 2900 va boshqa schyotlar debetlanadi. Favqulotdagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq moddalarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va boshqa schyotlar kreditlanadi.
5.SOF FOYDA (SF) YOKI SOF QOPLANMAGAN ZARARLAR (SZ).
Sf (Sz) = Fst (Zst) -Ds - Aj
Bu yerda: Ds - daromaddan olinadigan soliqlar ( foyda solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi);
Aj - foydadan boshqa ajratmalar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida hisobot yilning foydasi (zarari)ni topish barcha daromad va harajatlarni 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»” schyotida aks ettirish va ushbu schyotning debet va kredit oborotlari summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710)ning kreditida to‘plangan summa yil oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotning kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130, 9410-9440, 9610-9690, 9720)ning, shuningdek foydanning ishlatilishini aks ettiruvchi schyotlar (9810-9820)ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tqaziladi, ya’ni:

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling