Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti saparova danagul abduraxmon qizi


Harakatlar strategiyasining 5 yillik natijalar sarhisobi


Download 273.1 Kb.
bet14/15
Sana22.06.2023
Hajmi273.1 Kb.
#1647229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKRO

Harakatlar strategiyasining 5 yillik natijalar sarhisobi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, mutaxassislar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari boʻyicha taqdim qilgan tahliliy hisobotlar, fuqarolik jamiyat vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholari va fikrlari tinglandi.
Jumladan, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining boshligʻi Sharlotta Adrian, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasining vitse-prezidenti Filip Dimitrov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasining rahbari Alkis Drakinos va JICA vakolatxonasining rahbari Suguru Miyadzaki, YEXHTning loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Xans-Ulrix Im va boshqalar Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarning natijalari hamda mamlakatda boshlangan islohotlarni davom ettirish boʻyicha oʻz fikr-mulohaza va tavsiyalarini taqdim etishdi.
Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan barcha islohotlar va ularning natijalari haqidagi maʼlumotlarni sodda va ommabop koʻrinishda oʻz ichiga joylagan Reforms.uz elektron platformasi va uning ishlash mexanizimlari taqdimoti oʻtkazildi.
Mazkur platformani yaratish jarayonida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining (SMTI) mutaxassislari nihoyatda katta maʼlumot hajmini – ham davlat organlarining rasmiy raqamlari va statistikasini, ham xalqaro tashkilotlarning hisobotlarini, xorijiy ekspertlar va fuqarolik jamiyatining baholashlarini oʻrganib chiqdi. Jumladan, 70 dan ortiq vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan 1 200 dan ziyod hujjatlar ichidan 400 dan ortiq eng muhimlari saralab olinib, ushbu maʼlumotlar barcha uchun tushunarli boʻlgan xalqona tilda platformaga joylashtirildi.
Endilikda, Reforms.uz platformasi orqali mamlakatimizning har bir fuqarosi oʻzini qiziqtiruvchi muayyan mavzu boʻyicha islohotlarning natijasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Platformadagi barcha raqamlar taqqoslanuvchi shaklda keltirilgan boʻlib, kuzatuvchilar 1991-yildan 2016-yilgacha va 2017-yildan 2021-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi barcha maʼlumotlarni taqqoslab koʻrishlari mumkin. Eng muhimi, maʼlumotlar platformaga oʻzbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yoʻnalishi Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida bir qator maʼmuriy islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 110 ta samarasiz faoliyat koʻrsatayotgan idoralararo organlar faoliyati tugatildi. 10 ta yangi vazirlik va idoralar tuzilib, 6 ta davlat funksiyasi xususiy sektorga oʻtkazildi.
2017-yildan boshlab Oʻzbekistonda Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ular aholi bilan bevosita muloqotni, tezkor javob berishni va joylarda muammolar hal etilishini taʼminlab kelmoqda. 2017-yildan 2020-yilgacha ular orqali 10,1 mln. murojaatlar oʻrganilib ijobiy hal etilgan.
Byurokratiyaga qarshi kurashish natijasida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soni 2 barobarga (167 dan 79 gacha) qisqartirildi. 4 yil ichida “Yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etiladigan xizmatlar soni 10 barobarga (16 dan 157 gacha) oshdi.
Konferensiyada soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun izchil ravishda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib 5 ta davlat dasturi qabul qilgani, ularni amalga oshirishga 114 trln. soʻm va qariyb 31 mlrd. AQSH dollari yoʻnaltirilganligi, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun jami 118 ta funtamental gʻoya ilgari surilgani hamda oʻtgan davrda Harakatlar strategiyasini roʻyobga chiqarish uchun 311 ta qonun, 2000 ga yaqin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, 3000 dan ziyod Hukumat qarorlari qabul qilinganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Download 273.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling