Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti saparova danagul abduraxmon qizi


Download 273.1 Kb.
bet15/15
Sana22.06.2023
Hajmi273.1 Kb.
#1647229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKRO

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov oʻz chiqishida sud tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlarga toʻxtalib oʻtdi. Unda eʼtirof etilishicha, 2018-yilda fuqarolarning huquqlari va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) ishlarini koʻrib chiqish uchun maʼmuriy sudlar tuzildi. Maʼmuriy sudlar tomonidan 2017-yildan 2021-yilning sentyabriga qadar 68 mingta ariza koʻrib chiqilib, 44,3 mingtasi qondirildi, xususan hokimlarning 5,3 mingta qarori noqonuniy deb topildi.
2017–2020-yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga oʻsdi, inflyatsiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari 26,4 mlrd. dollardan 34,9 mlrd. dollargacha oshdi.
Oʻzbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar boʻyicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va litsenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining “nol” stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45% gacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada oʻsdi: 2016-yilda respublikada 27 ming, 2020-yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtkazildi.
2017–2020-yillarda Oʻzbekiston dori-darmonlar va tibbiy maqsadli buyumlar uchun 1618 mlrd. soʻm ajratdi (1991-2016-yillarda 227 mlrd. soʻm boʻlgan). Ulardan 61,6 mlrd. soʻm qismi onkologik kasalliklarni davolash uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 8,3 mlrd. soʻm), 217,4 mlrd. soʻm – gematologiya va onkogematologiya uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 2,8 mlrd. soʻm) yoʻnaltirilgan.
Xalq taʼlimi tizimidagi islohotlar natijasida 2017–2020-yillarda 328 ta yangi maktab barpo etildi va 11 yillik majburiy maktab taʼlimi tiklandi.
Maktabgacha taʼlim tizimida ham katta oʻzgarishlar yuz berdi. 2016-yilda 5,2 ming bolalar bogʻchalari faoliyat yuritgan boʻlsa, 2020 yida ular 18,3 mingga yetdi (shu jumladan davlat bogʻchalari soni 5 mingdan 6,2 minggacha oshdi). Bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishi darajasi 2020-yilda 61% ga yetdi, 2016-yilda esa 27,7% boʻlgan edi.
Oʻzbekistonda qambagʻallikni qisqartirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda: qambagʻallik darajasi 2000-yildagi 28% dan 2020-yilda 11% gacha qisqardi. Kam taʼminlangan oilalar bolalar bogʻchalari uchun toʻlovlardan ozod etilgan, kam taʼminlangan oilalarning bolalari boʻlgan maktab oʻquvchilari mavsumiy kiyim bilan taʼminlanmoqda.
Tadbirda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish borasida amalga oshirilgan ishlarga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Jumladan, Oʻzbekiston birinchi marta diniy masalalar boʻyicha “alohida xavotir uygʻotuvchi” davlatlar roʻyxatidan chiqarildi. Qoʻshni davlatlar bilan doʻstona va oʻzaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi.
Hozir Oʻzbekistonda 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladi (2016-yilda u 9 ta davlat uchun amal qilar edi), respublikamiz xalqaro reytinglarda bir nechta pozitsiyaga yuqoriroq koʻtarildi.
Oʻzbekistonning mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68% gacha oʻsdi (2016-yilda 37%), qoʻshinlarning zamonaviy qurol-yarogʻ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga ortdi.
Shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan “Harakatlar strategiyasi” bugungi globallashuv sharoitida jahonda tub oʻzgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, Oʻzbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yoʻnalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga moʻljallangan muhim milliy strategik hujjati ekanligi amalda toʻlaqonli oʻz aksini topganligi eʼtirof etildi.
Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar sessiyalarga boʻlingan holda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga moʻljallangan beshta yoʻnalish doirasida soha mutaxassislari bilan erishilgan natijalarni tahlil qilishdi, galdagi vazifalar yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdi.
Har bir sessiya yakunida qizgʻin muhokamalar oʻtkazildi. Konferensiya yakunida xorijiy va mahalliy ekspertlar oʻzlarining fikr-mulohazalari bilan ham oʻrtoqlashishdi.
 
Download 273.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling