Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Sirtqi bo‘lim Iqtisodiyot fakulteti mirb-81-33 guruh talabasi
Download 162.63 Kb.
|
referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- R E F E R A T I Toshkent-2023 Mavzu: “Job va Hr saytlari va ularning rivojlanishi” Reja
- Xalqaro ish saytlari turi .
O ‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Sirtqi bo‘lim Iqtisodiyot fakulteti MIRB-81-33 guruh talabasi Jo‘rayeva Sarvinozning Rekrutment fanidan “Job va Hr saytlari va ularning rivojlanishi” mavzusida tayyorlagan R E F E R A T I Toshkent-2023 Mavzu: “Job va Hr saytlari va ularning rivojlanishi” Reja : Ish saytlarining hayotimizdagi o'rni O'zbekistondagi rasmiy ish saytlari Online saytlarning yaxshi va yomon tomonlari Xalqaro ish saytlari turi. Yangi asrda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bizning mamlakatimizga bu soxadagi yangiliklar ancha kechikib kirib kelmoqda. Masalan bizda plastik kartalari, onlayn to’lovlar va shunga o’xshash innovatsiyalar faqat yaqindagina ommalashdi. Rivojlangan davlatlarda esa bunday qulayliklar o’tgan asrning o’zidayoq tarqalib bo’lgan edi. Shunday qulayliklardan biri ish qidirish saytlari O’zbekistonda ham rivojlanmoqda. Sizga ish kerak bo’lsa, hech ikkilanmay internet orqali o’zingizga munosib ish topishingiz mumkin. Afsuski hozircha bunday saytlarning aksariyati vatanimizning faqat katta shaharlaridan ish taklifi qilishi mumkin. Bunga istisno sifatida mexnat.uz saytini keltirish mumkin, ushbu servis butun respublika bo’ylab ish o’rinlarini taklif qiladi. Bugungi kunda bo’sh ish o’rinlariga ehtiyoj juda ham katta, shunga yarasha takliflar ham ko’p. Maxsus saytlar orqali, deyarli hamma o’ziga ish topishi mumkin. U oddiy qora ishchi, xizmat ko’rsatish sohasi hodimi yoki yuqori malakali mutaxassis bo’ladimi ko’plab takliflar ichidan o’ziga munosibini topishi mumkin. Kuzatishim bo’yicha hozirda Toshkent shahrida, ayniqsa komputer dasturlari yoki telefon orqali va ko’chada (turli yumushlar, mijozlarni jalb qilish va h. k.) erkin ishlovchi yoshlarga talab katta. Xisobchilar, mijozlar va turli loyihalar bilan ishlovchi menedjerlar, komputer dasturchilariga bo’lgan ehtiyoj ish beruvchilar orasida yuqori. Hozirda mamlakatimizning katta shaharlarida quyidagi qobilyatlarga ega yoshlar ko’chada ishsiz qolmasligi aniq. Word, Excel dasturi yuqori darajada bilish; Turli xil dasturlar ya’ni photoshop, 1C, 3D-MAX va shunga o’xshash grafik dasturlar Yuqori darajada internetdan foydalanish qobilyati, saytlarni boshqara olish. CRM, Wordpress,va boshqalar; Til bilish, eng muhimi rus va ingliz tillari Na’munali yozma va og’zaki nutq. Bu degani internetda faqat yuqori malakali mutaxassislar, komputer savodxonlari ish topadi degani emas. Har qanday turdagi ish o’rinlarini e’lonlar ichidan topish mumkin. Quyida bir necha ish qidirish saytlari haqida ma’lumot to’plangan. Birinchi navbatda OLX e’lonlari saytini ko’rib chiqamiz. Bu portal O’zbekistonning eng yirik saytlaridan bo’lib undagi e’lonlarning son-sanog’i yo’q. Dastlab OLX.uz saytiga kirib ish bo’limini tanlaymiz. Keyin esa taklif qilingan bo’limlardan birini tanlash kerak bo’ladi. Keyin esa alohida bo’lim ichida turli xil qidiruv parametrlarini tanlash mumkin. Masalan qayerdan ish kerak, ish haqi qancha bo’lishi kerak, vaqtichi? Siz belgilagan shartlarga asoslanib sayt ish haqidagi e’lonlarni saralab ko’rsatadi. Keyin esa saralangan e’lonlar ichidan moslarini tanlab, ish beruvchilar bilan bilan bog’lanish kerak bo’ladi. Kerakli e’lon egasi bilan bir necha yo’llar orqali bog’lanish mumkin. Masalan OLX da xabar qoldirish, yoki rezyume jo’natish, telefon raqami bo’lsa qo’ng’iroq qilsa bo’ladi.Bu O'zbekistonda eng keng tarqalgan ish saytlaridan biri desak ham bo'ladi. ISH.MEHNAT.UZ - Bu resurs O’zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Milliy vakansiyalar bazasi hisoblanadi. Bu saytning afzal tomoni butun mamlakat bo’ylab ish o’rinlarini taklif qilishidir. Undan tashqari bu yerda ish qidiruvchilar, ish beruvchilar o’zlari ularni topib kelishi uchun rezyumelarini qoldirishi ham mumkin. Saytga kirib qidiruvdan foydalanib, yoki ish topish tugmasini bosib mos ish o’rinlarini ko’rib chiqish mumkin. Hozirgi kunda global tarmoqda, ish kerak bo’lgan kishilarga yordam berishga ixtisoslashgan saytlar sanoqsiz. Hammasi ham yuqoridagi resurslarga o’xshab ishlaydi. Ulardan foydalalanish murakkab emas. Mana ulardan ba’zilari: Ishkop.uz Superjob.uz HH.uz Rabota.uz Xulosa qilib aytganda, hozirda global tarmoq insonlarga juda katta imkoniyatlar bermoqda, ulardan foydalanish zarur. Uydan chiqmasdan qisqa vaqt ichida juda ko’p ish beruvchilar bilan tanishish, suhbatlashish imkoni bor. JOB.RU
Download 162.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling