TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHINING FANIDAN TAYYORLAGAN
TAYYORLAGANLAR: Kurbanbaev Olloquli
Kalbaev Ernazar
MUSTAQIL ISHI.
Tema : Buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlari va registrlari. - Reja :
- a. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati.
- b. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
- c. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
a. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati. - a. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati.
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma'lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘nggra shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari - hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari – jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma'lumotlar aks ettirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |