Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
- dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
- dastlabki hujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
- ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
- dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi:
- tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
- buxgalteriya registrlari ma'lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish:
- hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e'tiborsizlik, ma'suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin.
Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi holatlarda aniqlanishi mumkin.
- Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
- Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.
- Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan.
Xato yozuvni yuqorida keltirilgan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga ko‘ra tuzatish yozuvlari amalga oshiriladi.
Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud:
- «Korrektura» usuli.
Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi.
- «Qizil storno» usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |