Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi ta’lim yo’nalishining mss-94 guruhi talabalarining buxgalteriya hisobiga kirish fanidan tayyorlagan


b. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi


Download 378.81 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi378.81 Kb.
#1152400
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurbanbaev and Kalbaev

b. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga e'tibor bermok kerak:
  • Tashqi ko‘rinish.
  • Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.
  • Ma'lumotlarning hajmi.

  • Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
  • Daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).
  • Kartochkalar.
  • Varaqlar (vedomostlar).

  • Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud.
    Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schyotlar bo‘yicha oborotlarni
    aniqlashda asos bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
  • Xronologik hisob registrlari.
  • Tizimli hisob registrlari.
  • Kombinatsiyalashgan registrlar.

  • Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
    Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma'lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
    Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

    Download 378.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling