Reja: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlarisida. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish hamda ularni yuritish tartibi
Download 198.54 Kb.
|
Mustaqil talim TQODH
REJA: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlarisida. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish hamda ularni yuritish tartibi. Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o’tkazish va yopish tartibi, 1.Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari. “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etish” haqidagi Markaziy bank ko‘rsatmalariga asosan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, har bir korxona, tashkilot va muassasalar o‘z faoliyatlarini boshlashdan avval tijorat banklarining birida talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochishlari lozim. Bu mijozlarga bankda ochilgan bank hisobvarag‘i hisoblanadi. Bank hisobvarag‘i - bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va shu hisobvarag‘ga kiritish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larini o‘tkazish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalar bajarishi to‘g‘risidagi farmoyishlarini bajarish vazifasini o‘z zimmasiga olishi natijasida bank bilan mijoz o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir. Bank hisobvarag‘ini ochish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009-yil 16-mart 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan ‘‘O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi) va unga kiritilgan o‘zgarishlar asosida tashkil etiladi1. Bank hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo‘linadi: talab qilinguncha saqlanadigan (muddatsiz) depozit hisobvaraqlari; jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; muddatli depozit hisobvaraqlari; depozitlarning boshqa turlari (akkreditivlar bo‘yicha, muddatsiz, foizsiz depozitlar) bo‘yicha hisobvaraqlar; ssuda hisobvaraqlari. Download 198.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling