Reja: Banklarda ochiladigan hisob varaqlarning turlarisida. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish hamda ularni yuritish tartibi


Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish hamda ularni yuritish tartibi


Download 198.54 Kb.
bet3/5
Sana10.03.2023
Hajmi198.54 Kb.
#1256993
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil talim TQODH

2. Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish hamda ularni yuritish tartibi.

Agar ariza bergan korxona mazkur bankda birinchi marotaba depozit hisobvaraq ochayotgan bo‘lsa, bank O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) dan arizachi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot so‘raydi. Agar arizachi BDMABdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bank arizachi taqdim etgan hujjatlar asosida mijoz faylini shakllantiradi. Mijoz fayli bankda yuritiladi va unda har bir mijoz to‘g‘risidagi kerakli va to‘g‘ri ma’lumotlar saqlanadi. Mijozning fayli shakllantirilgandan keyin bank mijozga identifikator, ya’ni xosraqam berish maqsadida ikkinchi marta


BDMABga murojaat qiladi va mijoz to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. BDMABda har bir mijoz to‘g‘risidagi barcha rekvizitlar saqlanadi. Mijoz haqidagi ma’lumotlar asosida unga xosraqam beriladi va talab qilinguncha saqlanadigan asosiy depozit hisobvaraq ochiladi. Mijozlar shaxsiy hisobvaraqlarining nomerlari ularda hisobga olinadigan mablag‘lar va boyliklar xarakteriga qarab 20 razryaddan iborat bo‘ladi4.
Mijozlar shaxsiy hisobvarag‘i strukturasi quyidagi ko‘rsatkichlardan tarkib topadi: scccc vvv k ssssssss NNN bunda:
scccc – bosh kitob balans hisobvarag‘i;
vvv – valuta kodi; K – nazorat kaliti;
ssssssss – mijozning BDMABdagi ro‘yxat nomeri (mijoz xosraqami);
NNN – shu balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning shaxsiy hisobvaraq tartib nomeri.
Bosh kitob balans hisobvarag‘i nomeri hisobvaraqlar rejasiga muvofiq aniqlanadi, valuta kodi “Jahon mamlakatlari va valutalari tasniflagichi” asosida belgilanadi. Nazorat kaliti, xosraqam va tartib nomeri BDMAB xizmat ko‘rsatish markazida beriladi. O‘zbekiston Respublikasi banklarida axborotga komputerlarda ishlov berish, hisob yuritish va hisobot ishlarini soddalashtirish maqsadida shaxsiy hisobvaraqlarga nomerlar yagona qoidalar asosida belgilanadi. Asosiy shaxsiy hisobvaraqda uning tartib nomeri 001 dan 999 gacha bo‘lishi mumkin.
Barcha hisobvaraq nomerlari bankda 61-shakldagi daftarda qayd etiladi. Shaxsiy hisobvaraq nomerlari bank bosh buxgalteri tomonidan imzolar va muhr nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobvaraq ochish haqidagi mijozning arizasiga yozib qo‘yiladi.
Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim5.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin:

Download 198.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling