Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Tasniflash nima va nima uchun ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganishda uni qo`llash kerak? Tasniflash qanday ilmiy va amaliy ahamiyatga ega? Tasniflashning qanday turlari va usullari mavjud? Faset nima? Ierarxiyaviy tuzilma-chi? Tasniflash obyekti deganda nima tushuniladi, uning birligi deganda-chi? Tasniflash subyekti nima? Statistik guruhlash deganda nima tushuniladi, u qanday ahamiyatga ega? Guruhlash qoidalari deganda nimalar tushuniladi? O`zbekiston aholisini jinsi-yoshi bo`yicha taqsimladingiz, bu tasniflashmi yoki guruhlashmi? Kichik, o`rtacha va katta korxonalarni aniqlovchi senzlar (miqdoriy belgilar bilan) belgilab qo`yilgan, bu tasniflashmi yoki guruhlash-mi? 2006 yil ma`lumotlari asosida O`zbekistonda faoliyat qiluvchi subyektlar kichik, o`rtacha va katta korxonalarga taqsimlangan. Bu guruhlashmi yoki tasniflashmi? Tipologik guruhlash nima? Analitik guruhlash-chi, tuzilmaviy guruhlash-chi? Taqsimot (variatsion) qatorlar bilan tuzilmaviy guruhlash orasida farq bormi? bo`lsa nimalardan iborat? Guruhlash belgisi nima va u qanday tartibda saylab olinadi? Guruhlar soni qanday aniqlanadi, guruhlar oralig`i-chi? Guruhlashning ilmiy qoidalari nimalardan iborat? Oddiy va murakkab guruhlash nima, bir o`lchovli va ko`p o`lchovli-chi? Ko`p o`lchovli guruhlashning qanday usullarini bilasiz? Birlamchi va ikkilamchi guruhlash nima? Ikkilamchi guruhlashning qanday usullarini bilasiz? Guruhlash usulining statistik mazmuni va ahamiyatini kuchaytirish uchun uni qanday yo`llar bilan takomillashtirish mumkin? Kursdoshlaringizning statistikadan bilim darajalarini o`rganish uchun ularni qanday belgilar asosida guruhlash mumkin, har bir guruhni qanday ko`rsatkichlar bilan ta`riflash mumkin? O`zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo etish jarayonini qanday guruhlashlar yordamida o`rganish mumkin? Oilalarda «qaynona va kelin» munosabatlarini o`rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin? Talabalar vaqt fondidan foydalanish bilan fanlarni o`zlashtirish jarayoni orasidagi bog`lanishlarni guruhlash usuli yordamida o`rganib bo`ladimi; bo`lsa qanday guruhlashlar amalga oshirish kerak? O`zbekistonda qishloq xo`jaligi rivojlanishida fermer ho`jaliklarining rolini o`rganish uchun qanday guruhlashlardan foydalanish mumkin? Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling