Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet24/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

4.5. Chiziqli va yassi diagrammalar
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog`lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog`lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma`lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4.2-jadval
O`zbekistonda 2000-2005 yillarda yetishtirilgan paxta va
don yalpi hosili
mln. tonna

Yillar
Ko`r-
satkichlar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

Paxta

3002

3265

3122.4

2803.3

3536.8

3749.0

3002

Don

3929

4072

5792,6

6319,2

6000,8

6540,9

3929

Manba: O`zbekistonning iqtisodiy yo`nalishlari, oktyabr-dekabr 1998 yil, 40-bet.

Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:



Yillar (sm)

1

2

3

4

5

6

1

Paxta

3,0

3,3

3,1

2,8

3,5

3,7

3,0

Don

3,9

4,1

5,8

3,2

6,0

6,5

3,9

Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 4.1-rasmdagi paxtachilik va don yetishtirishga tegishli siniq chiziqlarni hosil qilamiz.

Masshtab: 1 sm-1 mln.t.


4.1-grafik. O`zbekistonda paxta va don yetishtirishning o`sishi.

Chiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g`on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (4.1-rasm).


Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g`ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir.
Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar orasidagi proporsionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tug`dirsin.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling