Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet30/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Asosiy tushuncha va atamalar
Sifat va miqdor, me`yor va statistik ko`rsatkich, mutlaq ko`rsatkichlar, nisbiy ko`rsatkichlar, taqqoslash va solishtirish, statistik ko`rsatkichlar tizimi, to`g`ri va teskari ko`rsatkichlar, dinamika nisbiy ko`rsatkichlari, tuuilma nisbiy ko`rsatkichlari, o`zaro bog`lanish nisbiy ko`rsatkichlari, fazoviy taqqoslash nisbiy ko`rsatkichlari, intensivlik nisbiy ko`rsatkichlari, shartnoma (reja,norma)ni bajarish nisbiy ko`rsatkichlari.


Qisqacha xulosalar
1. Statistik ko`rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi, ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug` nemis yozuvchisi, shoiri va mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko`z yumishidan ikki yil oldin o`z kotibasi Ekkermann bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go`yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki, sonlar olam qanday boshqarilayotganini o`rgatadi».4-degan edi. Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German (1762-1838) o`z kitobida yozgan edi: ``Statistika yaxshilikni ham, yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir``.5 Haqiqatda ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq statistik ko`rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi mumkin va kerak.
2. Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko`rsatkichlar qo`yidagi funksiyalarni bajaradi:
-o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya`ni o`lchash funksiyasi;
-ularning muhim tomonlariga e`tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit qilish,ya`ni umumlashtirish funksiyasi;
-hodisalar orasidagi o`zaro bog`lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy ifodalash, ya`ni analitik funksiya;
-axborotlarni ommalashtirish, ya`ni reklama funksiyasi;
3. Statistik ko`rsatkichlar rang-barang bo`lib, ular o`rganilayotgan hodisa yoki jarayonning turli jihatlarini ta`riflaydi. Hech qaysi ko`rsatkich turi ustuvorlikka ega emas,uning plyusi va minusi mavjud. Shu sababli iqtisodiy-ijtimoiy tahlilda barcha ko`rsatkichlar majmui, ularning tizimi qo`llanilishi kerak.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling