Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet57/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

10.2. Dinamika qatorlarining turlari
Ma`lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi.
Masalan:
10.1-jadval.
O`zbekiston aholisining 2000-2005 yillarda o`sishi

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

Aholi soni yil boshiga

24.5

24.8

25.1

25.4

25.7

26.0

Manba: O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar.


Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo`lgan vaqt oralig`ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o`zgaradi.


Ma`lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya`ni, oqimlarni ta`riflovchi ko`rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Masalan:
10.2-jadval.
O`zbekistonda paxta va don yalpi hosilining o`sishi (ming t.)

Yillar

2000

2001

2002

2003

2004

2005

Paxta

3002

3205

3122

2803

3335

3500

Don

3929

4072

5793

6391

6017

660

Manba: O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko`rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo`lmasdan, balki o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog`liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang`ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko`rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko`rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o`rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling