Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko`zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug`iladi va o`z yechimini kutadi. Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo`riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh). 2.3-tarh. Statistik kuzatishning dasturiy va tashkiliy masalalari. Kuzatish maqsadi va vazifalarini to`g`ri belgilash tekshirishni to`g`ri va aniq tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga qarab barcha dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalar yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash kuzatish jarayonida keraksiz ma`lumotlar to`planishiga, zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va mablag`lar sarflanadi. Kuzatish obyekti - bu o`rganilayotgan hodisalar va jarayonlar, ya`ni korxonalar va tashkilotlar, ho`jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho`jaliklari, va hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan to`plami. Ularning muhim belgilari haqida ma`lumotlar to`planadi va ular asosida to`plamni ta`riflaydigan umumlashtiruvchi ko`rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini, ko`lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o`lchov birligi jihatidan o`lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi. Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me`yorlar to`plami belgilanadi. Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida senzlardan foydalaniladi. Senz so`zi ikki ma`noga ega bo`lib, birinchi holda ro`yxatlarni anglatadi, masalan, AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa belgi me`yorni bildiradi. Kuzatish obyektini belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma`noda qo`llanadi. Kuzatishni o`tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan bog`liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro`yxati tuziladi va kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro`yxatga olish uchun dastavval aholi yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi. Bular ro`yxat o`tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro`yxat o`tkazish uchun zarur mablag`lar miqdorini va kadrlar sonini aniqlash uchun kerak. Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blanklar, varaqalar, ularni tuzish yo`riqnomalari tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo`linadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar belgilanadi. To`rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan mas`ul shaxslar bilan maxsus mashg`ulotlar olib boriladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling