Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet9/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

2.4. Statistik kuzatish turlari
Qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang`ich ma`lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o`z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo`linadi (2.5- tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to`rtta turga bo`lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro`yxatlar; 4) biznes tekshirishlar. Ular keyingi ma`ruzada yoritiladi.
Voqealar sodir bo`lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo`la kuzatish.
Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo`lishi bilanoq, ya`ni o`sha damning o`zida qayd qilinadi. Masalan, tug`ilish, o`lish, nikohdan o`tish va ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig`inlarida qayd qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang`ich hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir bo`lgandan so`ng ma`lum vaqt o`tganda uni qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig`ida takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o`n yilda aholi ro`yxatini o`tkazish, talabalar o`zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali baholash.
Bir yo`la kuzatish deganda qandaydir masalani yechish zaruriyati tug`ilganda turli muddat oralig`ida qaytarib turiladigan kuzatish nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi ro`yxati, ko`p yillik mevali daraxtlar ro`yxati, tabiiy ofat natijasida ko`rilgan zararlarni baholash ishlarini ko`rsatish mumkin.
O`rganilayotgan to`plam birliklarini o`z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi.
Yoppasiga kuzatishda to`plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma`lumotlar to`planadi. Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha ho`jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro`yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro`yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol bo`la oladi.
Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro`yxati va boshqa ro`yxatlar mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag`larni talab qiladi.
Qisman kuzatishda asosiy uslubiy masala umumiy to`plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini to`g`ri olishdan iborat. Bu kichik to`plam shunday shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to`plam birliklari orasidagi o`zaro munosabatlar yuqori darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan birliklarda ham o`z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina qisman tekshirish natijalari asosida umumiy to`plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati (ehtimoli) tug`iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
a) anketa (savolnoma) orqali kuzatish;
b) asosiy massivni kuzatish;
v) monografik tasvirlash;
g) tanlama kuzatish.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling