Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


O`rtacha mutlaq qo`shimcha o`sish


Download 1.88 Mb.
bet59/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

O`rtacha mutlaq qo`shimcha o`sish zanjirsimon mutlaq o`sishlardan oddiy arifmetik o`rtacha aniqlash natijasida hosil bo`ladi: ming tonna. (11.6)
O`rtacha mutlaq qo`shimcha o`sishni formula yordamida hisoblayotganda shuni hisobga olish kerakki, bu formuladan darajalar kuchli tebranishga ega bo`lmagan taqdirda foydalanish mumkin. Agar ularda kuchli tebranish kuzatilsa, dastlab tebranishlardan umumiy tendensiya (trend)ni ajratib olish kerak.
O`rtacha mutlaq tezlanish, o`rtacha mutlaq o`sishga o`xshab, ayrim davrlardagi mutlaq tezlanish miqdorlari yig`indisini davrlar soniga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.
(10.7)
Dinamika qatorlarining tendensiyalarini aniqlash va ularni qiyosiy tahlil qilishda dinamika o`rtacha sur`atlarini hisoblash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko`rsatkichni topishning eng aniq usuli dinamika qatorlarini eksponentlar (ko`rsatkichli funksiya ) bo`yicha tekislash natijalariga asoslanadi.
Qator darajalari bir marom va yo`nalishda o`zgarsa, o`rtacha dinamika sur`ati zanjirsimon o`sish sur`atlaridan geometrik o`rtacha hisoblash yo`li bilan aniqlanadi:
yoki 111,2 % (10.8)
Bu yerda: Ki - zanjirsimon o`sish suratlari;
n - ularning soni.
Demak, 2000-2004 yillarda don ishlab chiqarish o`rtacha bir yilda 11,2 % ortgan.
Ma`lumki, zanjirsimon o`sish sur`atlari ko`paytmasi zaminiy (bazisli) o`sish sur`atiga, ya`ni qatorning oxirgi darajasini boshlang`ich darajasi nisbatiga teng. Shu sababli
Ammo ayrim hollarda o`rtacha o`sish sur`atini aniqlash sharti (mezoni) qilib boshqa funksionalni olish masalasi tug`iladi. Jumladan mavjud sharoit bunday mezon sifatida biror darajaga Yk nisbatan qator darajalari yig`indisini Yi qarash zarurligini taqozo etishi mumkin. Bu holda ayrim davrlar uchun o`sha darajaga nisbatan hisoblangan o`sish sur`atlarini o`rtacha o`sish sur`ati bilan almashtirish natijasida o`rtacha shaklini belgilovchi funksional konstanta, ya`ni o`zgarmas miqdor bo`lishi kerak: sharoitda funksional – konstanta
Bu yerda: Yk - taqqoslash asosi qilib olingan daraja.
Masalan, besh yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot bazis darajaga (o`tgan besh yillik uchun o`rtacha yillik ishlab chiqarish hajmiga) nisbatan 800% yoki boshqacha so`z bilan aytganda, o`rtacha yillik daraja bazis darajaga nisbatan 160% (800%:5) tashkil etishi uchun mahsulot ishlab chiqarishning o`rtacha yillik sur`ati qanday bo`lishi kerak? Ushbu shartni qanoatlantiradigan o`rtacha o`sish sur`ati m tartibli parabola tenglamasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun uni parabologik o`rtacha o`sish surati deb yuritiladi. Maxsus statistikaga oid adabiyotda parabologik o`rtacha o`sish suratini aniqlash uchun quyidagi taqribiy formula taklif etilgan:
(10.9)
Bu yerda: m - qo`shiladigan darajalar soni;
Yk - bazis (zaminiy) daraja.
Misolimizda, m=5 Yi / Yk = 800 % yoki 8.



Darajasi bo`yicha qatorlarning tenglashish muddatini o`rtacha o`sish sur`atlari asosida aniqlash mumkin.


Bu holda tenglikka ega bo`lamiz. Bu tenglikni logarifmlasak, quyidagi ifoda hosil bo`ladi:

Bundan:
(10.10)
Amalda (11.10) formuladan foydalanayotganda surati va maxrajidagi logarifmlarning katta qiymatidan kichigi ayiriladi. Masalan, birinchi qatorda , ikkinchi qatorda desak, u holda

Demak, darajasi bo`yicha qatorlar 11.4 yildan so`ng tenglashadi va bu daraja 1598,44 teng bo`ladi.





Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling