Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Yakka indekslar va ularning turlari
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent xususiy do`konlarida savdo hajmi va baholari
- Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar.
- 11.4. Yakka indekslarning xossalari
11.3. Yakka indekslar va ularning turlari.
Yakka indekslar to`plam doirasida ayrim hodisalarning o`zgarishini ifodalaydi. Buning uchun joriy davr ko`rsatkichi bazis davr ko`rsatkichi bilan taqqoslanadi: miqdoriy ko`rsatkichlar uchun yakka indekslar: (11.1) sifat ko`rsatkichlari uchun esa: (11.2) Ularni hisoblash tartibi 12.1-jadvalning oxirgi ikkita ustunida namoyish etilgan. 11.1-jadval Toshkent xususiy do`konlarida savdo hajmi va baholari
Zanjirsimon, o`zgarmas asosli va o`zgaruvchan asosli yakka indekslar. Zanjirsimon indekslar ayni (har bir) davr ko`rsatkichini o`zidan oldingi davr ko`rsatkichi bilan solishtirish natijasida hosil bo`ladi. Bu jihatdan ular zanjirsimon o`sish suratlarini eslatadi. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (11.3) Sifat ko`rsatkichlari uchun (11.4) Bu yerda qi, pi ayrim solishtirilayotgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. qi-1, pi-1 solishtirilayotgan davrdan oldingi davr ko`rsatkichlari. Zanjirsimon indekslar davr (oy, yil) sayin indekslashtirilayotgan hodisalarning o`zgarishini tasvirlaydi. O`zgarmas asosli indekslar boshlang`ich davrdan to solishtirilayotgan davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar o`zgarishi qanday darajalar bilan ifodalanishini ko`rsatadi. Ular har bir davr ko`rsatkichini boshlang`ich davr ko`rsatkichiga taqqoslash hosilasi hisoblanadi: Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (11.5) Sifat ko`rsatkichlari uchun: (12.6) Bu yerda: q0, p0 boshlang`ich davr ko`rsatkichlari. O`zgaruvchan asosli indekslar taqqoslanayotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o`tgan vaqt davomida o`rganilayotgan hodisalar qanday darajada o`zgarganligini aniqlaydi. Ular joriy davr ko`rsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko`rsatkichlarga nisbati hisoblanadi: Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun: (11.7) Sifat ko`rsatkichlari uchun: (11.8) bu yerda q1, p1 -joriy davr (qatorning oxirgi davri) ko`rsatkichlari, qi-k, pi-k undan birmuncha oldin o`tgan davrlarga tegishli ko`rsatkichlar. 11.4. Yakka indekslarning xossalari Zanjirsimon, o`zgaruvchan va o`zgarmas tarkibli indekslar orasida ma`lum munosabat mavjud. Zanjirsimon indekslar ko`paytmasi o`zgaruvchan asosli indekslarga teng: (11.9) Oxirgi davrni boshlang`ich davr bilan taqqoslashdan olingan o`zgaruvchan asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar bilan qiyoslab aniqlangan shunday indeksga nisbati tegishli davrlarning o`zgarmas asosli indekslariga teng: (11.11) Oxirgi davr uchun olingan o`zgarmas asosli indeksni ketma-ket tartibda har bir keyingi davrlar indeksiga bo`lsak, tegishli davrlarning o`zgaruvchan asosli indekslariga ega bo`lamiz: 11.12 Shunday qilib, zanjirsimon, o`zgarmas va o`zgaruvchan yakka indekslar orasida sirkulyar (doiraviy) bog`lanishlar mavjud. Bu yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi deb ataladi. Biror iqtisodiy jarayonda ro`y bergan ikkita hodisaga tegishli miqdoriy ko`rsatkich indeksi bilan sifat ko`rsatkichi indeksining bir biriga ko`paytmasi real mazmunli uchinchi indeks hosil qiladi va u natijaviy o`zgarishni ifodalaydi. Masalan, bozorda sotilgan mahsulot hajmi indeksini uning bahosi indeksiga ko`paytirsak, sotuvchilarning daromadi yoki iste`molchilarning xarajati indeksiga ega bo`lamiz: ip∙iqipq (11.13) Yakka indekslarga xos bu xususiyat omillarning teskarilanish xossasi deb ataladi. Yakka indekslarga xos yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, ularning formulasida bazis va joriy davrlar o`rnini almashtirilsa, u holda yangi va eski indekslar teskari miqdorlar singari o`zaro (bir - biriga) nisbatda bo`ladi. (11.14) Yakka indekslarning bu xususiyati ularning vaqt bo`yicha teskarilanish xossasi deb ataladi. Joriy va bazis davrlarda indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlarning qiymatlari o`zgarmasa, yakka indeks, qanday hodisa - natijaviy yoki omil hisoblanishidan qat`i nazar, har doim birga teng bo`ladi, ya`ni hodisalarda o`zgarish yo`qligini qayd qiladi: (11.15) Indekslarning bu xususiyati aynan birday bo`lish xossasi deb yuritiladi. Nihoyat, indekslar qanday o`lchov birliklar qo`llanishiga bog`liq emas, demak, bir o`lchov birligi boshqasi bilan almashtirilsa, bu hol indeksga ta`sir etmaydi. Bu xususiyat indekslarning bir o`lchamlik xossasi deb ataladi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling