Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Tadqiqot ob’ekti va predmeti


Download 0.98 Mb.
bet102/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Tadqiqot predmeti mavjud sotsiologik muammoning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bir xil muammoli holatda yagona empirik tadqiqot ob’ekti bo‘yicha tadqiqot predmeti bo‘ladigan bir necha yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot predmeti shakllanganda, mavjud muammoni echish yo‘llari bo‘yicha ilmiy faraz tuziladi, shu bilan birga, sotsiologik tadqiqot o‘tkazish usullari va shakllariga ta’rif beriladi.
Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda, sotsiologik yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, jarayon va tuzilmalar tushuniladi. Har qanday sotsiologik tadqiqot ob’ekti tizimli xususiyatiga, asosan vaqt, makoniy imkoniyat va miqdoriy o‘lchov chegarasiga ega bo‘ladi. Empirik sotsiologik tadqiqot dasturining nazariy-uslubiy darajasida tadqiqot ob’ektini tanlash muhim ahamiyatga ega. Hal qilinishi zarur bo‘lgan muammo harakteri, uning dolzarbligi, tadqiqot maqsadi va vazifasi tadqiqot ob’ektining qanday bo‘lishligini belgilaydi. Agar tadqiqot ob’ekting unchalik katta bo‘lmasa, sotsiologik jihatdan uni to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lsa, bir butun holda tadqiqot ob’ekti qilib olinishi mumkin. Ba’zan esa murakkab sotsiologik tadqiqot olib borish yoki tadqiqot ob’ektini to‘laligicha qamrab olish imkoniyati bo‘lmaydi. SHuning uchun bunday vaziyatda tadqiqot ob’ektining nisbatan aniq chegarasi belgilab olinishi shart.
Ilmiy muammo ob’ektini sistemali tahlil etish tadqiqotchi uchun 3 faoliyat yo‘nalishini ochib beradi. Ular:
1) Tadqiqot predmetini aniqlab olish.
2) Asosiy tushunchalarni ajratib olish va ularga izoh berish.
3) Tadqiqot uchun ish gepotezasini yaratishdir.
Dasturda aniq ko‘rsatilishi zarur
1) Empirik tadqiqot ob’ekti. 2) Sotsiologik tadqiqot ob’ektini to‘laligicha qamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi. 3) Tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi (ro‘yxat tuzish, kartoteka, sotsiologik xarita kabilar).
Sotsiologik tadqiqot farazi:
Mavjud muammo bo‘yicha ilmiy faraz ishlab chiqish empirik sotsiologik tadqiqotni nazariy jihatdan tayyorlashninig yakunlovchi qismi hisoblanadi. Tadqiqot farazi o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisa tarkibi va uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik harakteri to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan farazdan iborat bo‘ladi. Ilmiy faraz tadqiq etilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi.
Faraz, bu tadqiqot uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib, keyingi olib boriladigan amaliy sotsiologik tadqiqotlarda ilgari suriladigan farazga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, farazni ishlab chiqish-empirik ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdagi mantiqiy asosni ishlab chiqish demakdir.
Agar tadqiqotchi tomonidan ilmiy faraz ishlab chiqilgan bo‘lsa, empirik ma’lumotlar va tadqiqot natijalari shu ishchi farazi to‘g‘ri ekanligini tekshirishga, uni tasdiqlashga yoki bekor qilishga xizmat qiladi. Empirik tadqiqot farazi bo‘lmasa, unda sotsiologik tadqiqotning ilmiy darajasi past bo‘ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling