Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
O‘zbеkistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o‘sish holati
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
3.O‘zbеkistonning hozirgi sotsial taraqqiyoti va o‘sish holati
Istiqlolimizning mashaqqatli, fidokorona mehnati bilan 20 yili ortda qoldi. Bu yillar boy imkoniyatlarga ega bo‘lgan, respublika va uning aholisini tang holatdan, moddiy va ma`naviy inqirozdan chiqarish, milliy davlatimiz poydevorini qurish, iqtisodiyotimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish yillari bo‘ldi. O‘zbekistonni jahonga nomoyon qilish, axborot va iqtisodiy jihatdan chetlashtirish hollariga barham berish, jahon hamjamiyatining boshqa mamlakatlari qatorida teng bo‘lib olish sari intilish yillari bo‘ldi. Hayotning, jamiyatning asosiy tamoyillarini va davlatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy tuzilmalarini hal qiluvchi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, erkin demokratik kelajakni aniq belgilab bargan asosiy qonun, Konstitutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l – respublika va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir. Chuqur o‘zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sodir bo‘layotgan tub siljishlar dunyoning haqqoniy qiyofasini o‘zgartirib yubormoqda. Mustaqillik biz uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligimiz, or-nomusimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu – intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai sifatida shu muqaddas zaminda yashayotgan barcha vatandoshlarimiz qalbidan tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlab o‘tilgandek, «mustaqillik biz uchun – o‘zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining garovidir» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan.147Tarixan bu qisqa 22 yillik davr – yosh davlatimiz uchun siyosiy sohada, davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiy va ma’naviyat, ijtimoiy hayot, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta`minlash borasida har tomonlama rivojlanish va yuksalish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘ldi, deyish mumkin. O‘zbekistonning davlat mustaqilligini amalda namoyon qiladigan va ro‘yobga chiqaradigan tashkiliy tuzilmalarni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bank tizimi qayta tashkil qilinmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniya, axborot agentligi, kinokompaniya va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi. O‘zbek xalqining mustaqillikka bo‘lgan intilishini jahon hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qo‘llab-quvvatladi. Dunyodagi 180 dan ortiq mamlakat O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini tan oldi. 130 ga yaqin xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlari o‘rnatildi. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi mavjud. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O‘zbekiston xalqaro huquqning teng huquqli sub`yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo qilib qabul qilindi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo – iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 50 dan ortiq mamlakat o‘z elchixonasini ochgan. Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, an`analari, urf-odatlari va ko‘nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi. Hozir O‘zbekiston tarixiy chorraxada turibdi. Avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Respublikani milliy davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamol toptiruvchi o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqdi. Respublikada hozir yashab turganlarning taqdirigina emas, balki ularning farzandlari, nabiralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri ham shunga bog‘liq bo‘ladi. Respublika tang holatlarni ayni darajada tezroq bartaraf etish, yakkahokimlik tizimining illatlarini batamom tugatish, rivojlangan madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olish shu narsa bilan hambelgilanmoqda. Barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo‘lib qolmoqda. Shunday jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyatning qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta`minlashi mumkin. Jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tajribalarni rad etmagan holda, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishi respublikaning qat`iy pozitsiyasidir. O‘zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishidan iborat o‘z yo‘li aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi, chuqur ildizi o‘tmishdagi an`anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan jamoatchilik, mahalla asoslari O‘zbekistonga xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, millatidan qat`iy nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdard bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning asoslari va yo‘nalishlari xususida so‘z ketar ekan, bugungi kunda avvalo huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy negizlarga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi148 (42-modda). O‘zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli salohiyatga ega. Yer bag‘rining g‘oyat qimmatli mineral xom-ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta`minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling