Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Abu Rayhon Beruniy (973-1048)


Download 0.98 Mb.
bet4/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani va taraqqiyotida ulkan iz qoldirgan Sharq olimlaridan biri. U o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar”, “Mineralogiya”, “Hindiston” kabi asarlarida o‘zining ijtimoiy hayotga tegishli bo‘lgan muhim fikrlarini qoldirgan. “Minerologiya” asarining muqaddimasida olim inson va uning jamiyatdagi ijtimoiy ahvoli, burchlari, oliyjanobligi, ijtimoiy adolat borasidagi g‘oyalari bitilgan.
Amerikalik olim Sarton Beruniyning ijodini o‘rganish davomida uning qoldirgan ilmiy merosini o‘ta haqqoniylik va xolislik bilan yozilganini ta'kidlagan, shu bilan birgalikda olim faoliyat olib borgan XI asrni “Beruniy asri” nomi bilan atagan.19
Beruniyning asarlarini o‘rganish davomida ularda ilgari surilgan etnosotsiologik g‘oyalarni ko‘rish mumkin. U “Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar” asarida forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian-molikiylar, xristian-nasturiylar, ma'jusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklarning hayoti, dini, an'analari, ijtimoiy hayotdagi munosabatlar to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan.
Olimning “Hindiston” nomli asarida o‘sha davr hind jamiyatining, ichki tuzilishi, mazkur zaminda yashovchi xalqlarning urf-odatlari, tarixiy sanalari, oilaviy munosabatlari, ma'rosimlari, nikoh masalalari to‘g‘risida ishonchli ma'lumotlar keltirilgan.
Beruniy ham ideal jamiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib, adolatli jamiyatni barpo etish uchun komil inson shakllanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surgan. “Oliyjanob inson o‘zining joni va mulkidan boshqa hech narsaga egalik qilmaydi, qonunan o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkni boshqaradi. Agar bunday odam boshqalarning og‘irini o‘z yelkasiga olib, ular uchun o‘zi mashaqqat tortib, Olloh unga in'om etgan narsalarni muhtoj odamlarga bersa, unday odam javonmard, deb ataladi. Javonmard o‘zining oliyjanobligi va hayr-sahovati bilan mashhur bo‘lgan odam. Ayni vaqtda u o‘zining xushmuomalaligi, mehr-shafqati, sabr-matonati, sabr-toqati, obro‘-izzati bilan ham nom chiqargan odamdir20”.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov 1998 yil tarixchi olimlar bilan uchrashuv davomidagi nutqida Beruniyning naqadar buyuk olim bo‘lganini ta'kidlab, uning shunday fikrini eslatib o‘tadi: “Ilm-fan insonlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan paydo bo‘ladi21”.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling