Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
Tashkilot turlari. Tashkilotlarning ko‘plab tipologiya va tasniflari mavjud. Ular orasida sohaga ko‘ra turlarga ajralish ommalashgan sanaladi. Bular:
ishlab chiqarish tashkilotlari; ta'lim tashkilotlari; sog‘liqni saqldash tashkilotlari; madaniyat tashkilotlari; transport tashkilotlari va h.k. Tashkilotlarni sotsiologik jihatdan turlarga ajratishdan asosiy maqsad ularning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va vazifalarini aniqlashdan iborat. A.Etsioni sotsial tashkilotlarni uchta sinfga ajratgan. Bular: volonterlik, majburlov va utilitar tashkilotlar. Volonterlik (ko‘ngililar) tashkilotlariga (voluntary organizations) a'zo bo‘lish ko‘ngilli xarakterga ega bo‘ladi. Bularga siyosiy partiyalar, turli klublar, universitetlar kabi tashkilotlar misol bo‘ladi. Majburlov tashkilotlariga (coercive organizations) a'zolik majburlov usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Odatda bunday holat jamiyatda o‘rnatilgan majburiy talablar, individdagi biror jismoniy yoki psixologik og‘ish, deviantlik holatlari kabilar tufayli amalga oshiriladi. Misol uchun maktab ta'limi, armiya, ruhiy kasalliklar shifoxonasi, qamoq va h.k. Utilitar tashkilotlarning (utilitarian organizations) a'zolari umumiy va shaxsiy manfaatlar yo‘lida birlashgan bo‘ladi. Bunga istalgan zavod, firma kabilar misol bo‘ladi. A.I.Prigojin jamiyatda to‘rtta turdagi tashkiliy hosilalarni ajratib ko‘rsatadi. Ularning ikkitasi tashkilot bo‘lsa, qolgan ikkitasi tashkilotga shakldosh – yarim tashkilotlar sanaladi (rasm 5.3.1.). р МАҚСАД БИРЛИКЛАРИ асм 5.3.1. Ташкилотлар Яримташкилотлар
Жамоатчилик ташкилотлари (оммавий ташкилотлар, касаба уюшмалари) Ассоциатив ташкилотлар (оила, илмий мактаб, ноформал гуруҳ) Турар ҳудуд (қишлоқ, маҳалла, шаҳар ва ҳ.к.)
Ташкилот эмас Ташкилотлар (ишлаб чиқариш, савдо, хизмат кўрсатиш) Таъсис этилган ташкилотлар (таълим, соғлиқни сақлаш, бошқарув, илмий, лойиҳа асосидаги) Корпорация Бошқарма Соҳа Минтақа
Tashkilotlar kelib chiqishiga ko‘ra, V.I.Franchuk tomonidan tabiiy va sun'iy sinflarga ajratilgan. Unga ko‘ra, sun'iy tashkilotlar avvaldan rejalashtirilgan tashkilotlar bo‘lib, inson tomoniddan ma'lum maqsad va reja asosida yaratiladi. Aksionerlik jamiyatlari, xususiy firmalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Tabiiy tashkilotlar esa avvaldan rejalashtirilga loyiha va tarhlarsiz tabiiy rivojlanish mahsuli sifatida jamiyat hayotida paydo bo‘ladi. Insonlarning turar hududlari, assotsiatsit tashkilotlar, shuningdek, butun jamiyat bunga misol qilib keltirilgan. Sotsial tashkilotlardagi normalar, qoidalar va odatlarning qay tarzda belgilanganligiga qarab tashkilotlar rasmiy (formal) va norasmiy (noformal) turlarga ajratiladi. Formal va noformal tashkilot tushunchasi fanga E.Meyo tomonidan kiritilgan bo‘lib, u Chikagodagi Xotorn tashkilotlarida olib borgan ekspnerimentlari natijasida ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga harakat qilgan eksperimantlar davomida olim har qanday tashkilot va guruhda formal munosabatlardan tashqari noformal mkunosabatlar borligini aniqladi. Unga ko‘ra, do‘stona munosabatlarning borligi mehnat samaradorligini oshirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling