Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Birlamchi va ikkilamchi guruhlar
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxslarning yaqinligiga ko‘ra, kichik guruhlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadi. Fanga birlamchi guruh termini birinchi bo‘lib XX asrning boshlarida amerikalik sotsiolog Ch.Kuli(1864-1926) tomonidan kiritilgan. Unga ko’ra, birlamchi guruhlarda muhit samimiy bo‘ladi va a’zolarning sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Mana shu xususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi.
Birlamchi guruhlarning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: a’zolar sonining kamligi, guruh a’zolarining hududiy yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar, yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a’zo bo‘lishning erkinligi va a’zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat. Shunga muvofiq, birlamchi guruh termini turli ko‘rinishdagi kichik guruhlarni aniqlash va «ikkilamchi guruh» terminiga qarama-qarshi tarzda qo‘llaniladi. Birlamchi guruh, eng avvalo oiladir, guruhni birinchi navbatda a’zolarning manfaatlari bog‘laydi. Bunday xarakterga ega insonning bolalik va o‘smirlik chog‘idagi tengdoshlar guruhiga ham ega, qo‘shnilar, mahalla ham birlamchi guruhga aylanishi mumkin. Birlamchi guruhlar rasmiy aloqaga ega emas. Agar birlamchi guruh a’zolari o‘rtasida rasmiy aloqalar paydo bo‘lsa, bu guruh kichik rasmiy guruhga aylanganligini bildiradi. Birlamchi guruhning shaxsga ta’siri katta. Ular a’zolarining axloqiy tomonini shakllantiradi va yangilaydi, mustahkamlaydi. Bu guruhlarda kishilarning birinchi sotsializatsiyasi amalga oshadi, kishilar o‘zlarining hislari va xatti-harakatlarini jamiyat talabiga muvofiq keladigan tarzda shakllantirishadi. Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har qanday turdagi guruhlarga aytiladi. Ularda moddiy alqoqalar muhim aqamiyatga ega. Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman, ikkilamchi guruhlar — bu katta guruhlardir. Ba’zan birlamchi guruhlar ham ikkilamchi guruh bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling