Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Sotsial institutlarning disfunksiyasi
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Sotsial institut turlari va ko’rinishlari
Sotsial institutlarning disfunksiyasi. Sotsial institutlarning asosiy xususiyatlaridan biri uning doimiy ravishda jamiyat bilan aldoqadorligidir. Mazkur aloqadorlikning buzilishi natijasida sotsial institutlarning disfunksiya holati yuzaga keladi. Ma'lumki, sotsial institutning asosiy vazifasi jamiyat ehtiyojini qondirish, ammo vaqt o‘tishi bilan xuddi yakka shaxsdagi kabi jamiyatning ham ehtiyojlari o‘zgarishi mumkin. Bu o‘z navbatida sotsial institutlarning jamiyat bilan munosabatlariga ta'sir qiladi va ularni o‘zgartiradi. Natijada jamiyat ehtiyojlari uchun keraksiz bo‘lgan funksiyalarni bajaruvchi sotsial institutlarning faoliyati bemazmun, ba'zan esa jamiyat rivojini orqaga suruvchi bo‘lib qoladi. Bunday institutlar ma'lum muddat an'analarga bo‘lgan hurmat tufayli faoliyat olib borishi mumkin. Ammo ko‘p hollarda ular qisqa muddatda o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Sotsial institutlarning disfunksiya holati jamiyatdagi notinchliklar, inqiloblar, siyosiy yoki iqtisodiy tuzumning o‘zgarishi kabi holatlarda yuzaga keladi. Jamiyatdagi sotsial institularning disfunksiyasi holati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tish davrlarini E.Dyurkgeym anomiya nomi bilan atagan.. 5. Sotsial institut turlari va ko’rinishlari Sotsial institutlarni qator kriteriylar asosida tasniflash mumkin. Sotsial institutlar ta'sir doirasiga ko‘ra, makro va mikroinstitutlarga ajratiladi. Makroinstitutlar, deb jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi bosh institutlarga aytiladi. Mikroinstitutlar esa bosh institutlarning tashkiliy elementlari hamda strukturaviy qismlari bo‘lib, ularning faoliyatini ta'minlab beradi. Yondosh funksiyalarining hajmi yoki miqdoriga ko‘ra, sotsial institutlar monofunksional va polifunksional bo‘lishi mumkin. Monofunksional sotsial institutda asosiy bitta funksiya bajariladi, polifunksional institutlarda esa bir nechta asosiy funksiyalar qatorida ko‘plab yondosh funksiyalar bo‘ladi. Sotsial institutlar jamiyat hayotining qaysi jabhasida faoliyat olib borishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: Iqtisod (ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, savdo, banklar) Siyosiy (davlat, parlament, partiyalar) Sotsial soha (ilm, ta'lim, san'at) Ma'naviy soha (din) Huquqiy soha (huquq, sud) Oila (oila, nikoh) Jamiyatda paydo bo‘lish vaqtiga ko‘ra sotsial institutlarni qadimgi va yosh institutlarga ajratish mumkin. Qadimgi institutlar qatoriga oila, din, davlat, ta'lim institutlarini kiritisho‘ mumkin. G.Spenser sotsiologiyada sotsial institutlar muammosini o‘rganish davomida evolyusion nazariya asosida jamiyatda uchta asosiy sotsial institute guruhi mavjud bo‘lishini yozgan. Unga ko‘ra: Nasl qoldiruvchi (nikoh va oila) Taqsimlovchi (iqtisodiy) Nazorat qiluvchi (din, siyosiy tizimlar) Mazkur tasnif barcha institutlarga xos bo‘lgan xusuiyatlar asosida amalga oshirilgan. G‘arb sotsiologi P.Blau o‘zining normativ struktura nazariyasidagi qadriyatlar asosida sotsial institutlarni quyidagi shartli guruh va turlarga ajratgan: Birlashtiruvchi institutlar. Jamiyatdagi munosabatlarning birligini, hamkorlikni va patikulyarlikni ta'minlaydi. Ular jamiyatning “yashirin bo‘lish” ehtiyojiga javob beradi. Distrubutiv institutlar. Sotsial kelishuvlarning asosi sanalgan, maxsus rag‘batlar ko‘rinishidagi universal qadriyatlarni rivojlantiradi. Ularning asosiy vazifasi “maslashish” ehtiyojiga javob berish. Tashkiliy institutlar. Qadriyatlarni maqsadga yetish uchun ishlatadi. “Integratsiya” va “maqsadga yetish” vazifasini bajaradi. Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo‘ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lishi tabiiydir. Bugungi kunda fanda amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish keng tarqalgan: Relyatsion (yozma ma’lumotlarga asoslanuvchi) institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo‘llaniladigan sanksiyalarni (bunda sotsial nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi. Integrativ (birlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga ma’sul bo‘lgan sotsial rollarni ifodalaydi. An’anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va qarindosh-urug‘chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy-madaniy institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog’liq muassasalar. Sotsiologiya fanida quyidagi sotsial institutlarni o’rganishga katta e’tibor qaratiladi: 1) jamiyatning asosini tashkil etuvchi ehtiyojlarni amalga oshirish (oila va ta’lim institutlari); 2) moddiy hayot faoliyatini ta’minlash (iqtisodiyot institutlari); 3) ijtimoiy guruhlar va jamoalarning integratsiyasi (siyosiy va huquqiy-davlat institutlari); 4) ma’naviy qadriyatlarni quvvatlash va saqlash (madaniyat institutlari) hamda boshqalar bilan bog‘liq bosh sotsial institutlar. Ijtimoiy hodisalarning tizimli-tuzilmaviy tahlilida «sotsial institut» tushunchasiga markaziy o‘rin beriladi, u ijtimoiy tizimning asosiy maqsadlari va ehtiyojlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish orqali odamlarning turli – tuman harakatlaridan mavhumlashgan faoliyatning eng muhim turlari va ijtimoiy munosabatlarini umumlashtirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Shu ma’noda sotsial institut ijtimoiy hayotning alohida sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jamiyat ijtimoiy tuzilmasining yetakchi tarkibiy qismi sifatida ifodalanishi mumkin. Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va huquqiy sohalariga xos bo‘lgan sotsial institutlar muhim sanaladi. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishini, taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati (ota-onalar,ota–onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar (maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan va din institutlari) amal qiladi. Bundan tashqari qarindoshlik instituti, nikoh instituti, ta’lim (maktab, oliy ta’lim va h.k.) instituti, kommunikatsiya (informatsion texnologiya) va ommaviy axborot vositalari instituti, din instituti, mehnat instituti, iqtisodiyot instituti va h.k. mavjud. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling