Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
O‘rta asrlar. Feodal tuzumi davrida cherkov mafkurasining hukmronligiga qaramay ijtimoiy-siyosiy fikrda jamoatchilik fikriga alohida e'tibror qaratilgan. Aynan klassik feodalizm davrida “jamoatchilik fikri” tushunchasi paydo bo‘lgan. U birinchi bo‘lib ingliz yozuvchisi va davlat arbobi Solsberi tomonidan XII asrning ikkinchi yarmida qo‘llanilgan. U jamoatchilik fikrini parlamentning ma'naviy vqa ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi vositasi sifatida ishlatgan. Garchi mazkur tushuncha, o‘sha davrda keng qo‘llanilmagan bo‘lsada, jamoatchilik fikri fenomeni uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Angliyadan mazkur tushuncha boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi va XVIII asrga kelib umum tomonidan qabul qilindi. Fransiyada jamoatchilik fikri (commune opinion) XII — XIII asrlardan boshlab ilmiy adabiyotlarda ishlatilgan
Feodal tuzumning yemirilishi davrida qadimgi yunon mutafakkirlarining jamoatchilik fikri borasidagi qarashlari rivojlanishda davom etadi. Misol uchun XV asrda Italiyadagi gumanistik fikr jamoatchilik fikrining jamiyat hayotidagi ahamiyatini ifoda etib, fuqarolik gumanizmi yo‘nalishi shakllandi. Ularning yorqin namoyondalari L. Bruni, M. Palmieri, A. Rinuchchini hisoblanadi136. Fuqarolik gumanizmi davomchilari Florentiya respublikasining demokratik boshlanishlari uchun kurashishgan. Ular teng huquqli fuqarolarning davlat boshqaruvida bir xil imkorniyatlarga ega bo‘lishlari uchun kurashishgan. L. Bruni137 Aristotel kabi boshqaruvchi sardorni demokratik usulda tanlash tarafdori bo‘lgan. U boshqaruvdagi shaxschlarning tez-tez almashib turishi holatida fuqarolarning tengligini, hamda tironiyadan saqlanish va demokratiyani o‘rnatish usulini ko‘rgan. Feodalizm davrida ekspluatatsiyaga qarshi bo‘lgan ko‘pgina qarashlar paydo bo‘ldi. Ularning asosini utopik sotsializm va kommunistik g‘oyalartashkil etgan. O‘zining ilk paydo bo‘lish bosqichlarida mazkur g‘oyalar diniy ta'limotlar sifatida yoki ularning ichida, xalq og‘zaki ijodida shakllangan. Ko‘p hollarda ular patriarxal demokratiyaning (T.Myunser, taboritlar, anabaptistlar) tarafdorlari bo‘lgan. Jamoatchilik fikrini o‘rgangan olim V. Korobeynikovning ta'kidlashicha, feodalizm o‘zining bo‘linish xususiyati tufayli jamoatchilik fikrining guruhlar fikri sifatida qaror topishi va shakllanishida o‘z izini qoldirdi. Bu diniy omillar bilan ham aniqlangan. Jumladan, yevropada katolik cherkovining hokimiyati va nufuzi, siyosiy va jamoatchilik fikrining nisbiy harakatsizligi, fikr almashuvi imkoniyatining cheklanganligi. Bu davrda jamoatchilik fikri diniy mushohadalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. O‘rta asrlarning so‘ngida bu holat yacherkovni isloh etish uchun asos bo‘ldi. Feodal davlatning siyosiy tashkiloti jamoatchilik fikri sub'ektiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Monarxning fikri dvoryanlar va diniy rahnamolarning manfaatlarini ifodalagan. Misol uchun Lyudovik XIV davrida, G.Tardning yozishicha, “monarxning qarorlari saroy ayonlarining fikrini birinchi navbatda inobatga olgan, shaharning fikriga e'tibor berilmagan, provinsiyalarning ovozi esa umuman yo‘q deb sanalgan”. “Jamoatchilik fikri” tushunchasining ilmiy jihatdan qaror topishi va ishlab chiqilishi XVII—XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. XIXasr so‘ngiga qadar jamoatchilik fikri falsafaning muammosi sifatida ko‘rilgan. T.Mor va T.Kampanellaning bu borada yaratgan asarlari va fikrlarini misol qilishimiz mumkin138 . T.Mor o‘zining “Utopiya” asarida barcha milliy kulfatlarning sababi sifatida xususiy mulkni ko‘rsatgan. Uning fikricha, bunday sharoitda davlat boshqaruvi adolatli va baxtli bo‘la olmaydi. Ammo shu bilan birgalikda u xalqning erki va fikrlarini jilovlab turuvchi institutlarning mavjudligi yoqlaydi – quldorlik, sotsial ierarxiya, yuqori knyaz hokimiyati va h.k. Kampanella esa sotsial tenglik tamoyillarini ishlab chiqadi va yigirma yoshdan oshgan barcha fuqarolarning davlat boshqaruvi borasida o‘z fikrlarini bildirishi imkoniyatini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, mansayubdor shaxslarning almashinuvi xalq irodasiga asoslanishi lozim. Kapitalizm davrida jamoatchilik fikri fenomenining nazariy jihatdan anglash, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini o‘rganish uchun asoslar va imkoniyatlar yaratila boshlandi. Italiyalik mutafakkir Makiavelli o‘zining “Xukmdor” asarida jamoatchilik fikrining ko‘pqirrali ekanligini aytib o‘tadi. Siyosiy ong va siyosiy xatti-harakatni yoritish maqsadida olim jamoatchilik fikrini ham o‘rganadi. U xalqni ulkan kuch sifatida ta'riflab, u xukmdorning mustahkam asosi bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaydi. U shunday yozgan: “tashqi dushmanlaridan ko‘ra o‘z xalqidan ko‘proq qo‘rqqan xukmdor uchun qal'ani o‘rab turuvchi devorlar foyda berishi mumkin, ammo o‘z xalqidan emas, balki tashqi dushmanlardan xadiksragan xukmdor uchun qal'alarning keragi yo‘q... ularning eng katta himoyasi xalqining muhabbatidir”. Makiavelli jamoatchilik fikrida xukmdorning aks etuvchi ba'zi sotsial-psixologik xususiyatlarini ta'kidlab o‘tgan: “Har birimizning ko‘zimiz borligi uchun insonlar eng avvalo tashqi ko‘rinish asosida baho berishadi, qo‘l bilan tegib ko‘rish imkoni esa hammaga berilmagan va seni tashqi qiyofang asosida biluvchilarning soni seni ichki olaming asosida biluvchilar sonidan ancha ko‘p. Ko‘pchilikni tashkil etuvchilarning fikriga hamisha ozchilik ergashadi. Ko‘pchilikning fikrini davlat qo‘llab-quvvatlaydi”. Yangi davr. Mazkur davrda jamoatchilik fikri borasida A. Smit, F. Bekon, Dj.Lokk, T.Gobbs kabi olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling