Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Din sotsiologiyasining predmeti va metodlari
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
2. Din sotsiologiyasining predmeti va metodlari
Sotsiolog dinni sotsial fenomen sifatida, ya'ni diniy xatti-harakatni guruhiy xatti-harakat turi sifatida o‘rganadi. Garchi sotsiologiya bevosita individlarni ham o‘rgansada, uning asosiy o‘rganish predmeti inson jamoalari va guruhlarining o‘zaro munosabatlaridir. Din sotsiologiyasining predmeti – diniy tashkilotlar, ularning shakllanishi va faoliyati. Bunda dinni jamiyatning mustaqil sohasi sifatida o‘rganish barobarida diniy xatti-harakatlarni, indivilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topishi, ularning diniy tashkilotlar faoliyatiga ta'siri, diniy tashkilotlarning inson faoliyatiga ta'siri, diniy tashkilotlar faoliyatining jamiyat sohalariga ta'sir oqibatlari kabilar sotsiologik jihatdan tahlil qilinadi. Din sotsial institut sifatida qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va boshqa sohalardan ajralib turuvchi diniy xatti-harakatlar va o‘zaro munosabatlar kompleksi sifatida sotsiologik jihatdan o‘rganiladi. Individning xatti-harakatiga ta'sirlar uning e'tiqodi orqali amalga oshiriladi. Chunki e'tiqod individning hayot to‘g‘risidagi tasavvurlari, kayfiyati hamda motivlarini belgilab beradi. Ammo diniy tashkilot o‘z a'zolarining xatti-harakatiga dissiplinar usullar orqali ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun total institutlarning ta'siri. Total institutlar deyilganida, a'zolariningn hayoti qat'iy nazorat ostiga olingan majburlov uyushmalari tushunilib, a'zolarining ehtiyojlari tashkilot tomonidan qat'iy belgilanadi, qilinishi mumkin bo‘lgan va ta'qiqlangan xatti-harakatlar tashkilot qoidalari tomonidan belgilab qo‘yiladi. Maktab-internatlar, armiya kazarmalari. Qamoqlar, psixiatrik kasalxonalarning faoliyati total institutlarga ko‘p jihatdan yaqin. Tashkilot tomonidan shaxsning butkul ravishda tashkilotga qo‘shilishi ehtiyojiga individning o‘z irodasi va ijodkorligi xalal bermasligi uchun total institutlarning majburlov va qat'iy nazorat vazifalari shakllangan. Din sohasida ham total institutlar mavjud bo‘lib, ular qat'iy belgilangan diniy normalar, qadriyat va e'tiqodga o‘z a'zolarini bo‘ysundirish orqali birdamlikni ta'minlashni maqsad qiladi. Albatta inson xatti-harakati jamiyat hayotining iqtisod, siyosat kabi qator sohalari tomonidan ham nazorat qilinadi. Undan tashqari har bir din uni sotsial jihatdan aniqlashtiruvchi qatlamlarning manfaatlarini inobatga oladi. Din sotsilogiyaning predmeti sifatida kundalik hayotda namoyon bo‘luvchi madaniyat modellari, belgili tizimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Din sotsiologiyasining maqsadi individ uchun nafaqat emotsional jihatdan taskin beruvchi, balki mohiyatga aloqador bo‘lgan muhim muammolarni yechuvchi diniy-belgili tizimlarni aniqlashdan iborat. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, barcha insonlar uchun bir xil ravishda diniy vazifalarni bajaruvchi yagona belgi shakllari mavjud emas. Shuning uchun din sotsiologiyasi mazkur belgilarni aniqlab, ularni ma'lum turlarga ajratishi, ularga amal qilish qanday natijalarga olib kelishini aniqlashi lozim. Din sotsiologniyasi sotsiologiya fanining strukturasiga nazar solsak, o‘rta darajadagi nazariyalar toifasidan o‘rin olgan. U empirik tadqiqotlar vositasida dinning jamiyatdagi shakllari, o‘rni, funkitsiyasi, ta'sirlari va ta'sirlarining oqibatlari borasida amaliy ma'lumotlar olib, ular asosida dinning nazariy modelini umumsotsiologik nazariyalar doirasida ishlab chiqadi. Din sotsiologiyasi doirasida umumiy sotsiologiyada qo‘llaniluvchi qator tushunchalar ishlatiladi: guruh, rol, hokimiyat , madaniyat va h.k. dinni tadqiq qilish davomida sotsiologik instrumentariy va metodlarni qo‘llash maqsadga muvoffiqligini va samarasini isbotladi. O‘z navbatida din fenomenini o‘rganish orqali sotsiologiyaning asosiy tushunchalari ishlab chiqildi, qatorr yondashuv va usullar yaratilib, umumsotsiologik bilim sohasi boyitildi. Ilmiy sotsiologiyaning asoschilari sifatida O.Kont, K.Marks din boraisda ham o‘z qarashlarini bildirishgan. Ulardan so‘ng E.Dyurkgeym, M.Veber, G.Zimmel kabi olimlar din sotsiologyasining nazariy va amaliy asoslarini shakllantirishdi. Din sotsiololgiyasining metodlari. Din fenomenini o‘rganishda umumiy sotsiologiyada qo‘llaniluvchi usullardan foydalaniladi. Bular: so‘rov va statistik analiz; kuzatish va eksperiment; kross-madaniy taqqoslovchi tahlil; yozma manbalarning, tarixiy hujjatlarning tahlili, kontent analiz. Din sotsiologiyasida ham muhim usullardan biri so‘rov bo‘lib, u odatda standartlashtirilgan intevyu yoki anketa tarzida amalga oshiriladi. Respondentlarga ularning diniy kelib chiqishi va e'tiqodi, diniy urf-odat va an'analarni bajarishi, qay darajada o‘li mdan keyingi hayotga ishonchi kabi qator savollar beriladi. Bunda respondentlarning e'tiqodlilik darajasi, dinga bo‘lgan munosabati va uning namoyon bo‘lish shakllari aniqlanadi. So‘rov usuli orqali diniylik xususiyatlari va ma'lum sotsial ustanovkalar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi. Din sohasidagi nisbatan chuqur aloqadorliklarni va sabablarni aniqlash so‘rovdan tashqari boshqa usullarni va tahlilni talab qiladi. So‘rov, eksperimant, statistik analiz, kuzatish kabi metodlar natijasida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, talqin qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Din insonning chuqur ichki his-tuyg‘ulariga bog‘liq bo‘lgani uchun dinni o‘rganishga aloqador bo‘lgan tadqiqotlarda eksperiment usulidan ahloqiy nuqtai nazardan yondashilgan holda kamdan-kam vaziyatlarda qo‘llaniladi. Chunki insonning diniy tuyg‘ularini manipulyasiya qilinishi individlar tomonidan ham salbiy qabul qilinadi. Ammo ba'zan insonning noodatiy xislatlarini namoyon qilish (ekstrasenslik, shamanlik va h.k), diniy ta'limotlarni o‘qitish dasturlarini kiritish vaziyatlarida mazkur usuldan foydalaniladi. Kross-madaniy taqqoslash turli madaniyatlarda amal qiluvchi diniy fenomenlarni taqqoslashni va solishtirishni nazarlda tutadi. Misol uchun mazkur usul vositasida M.Veber xristianlik va buddaviylikdagi qutilish tushunchasini diniy va madaniy jihatdan taqqoslagan. Tarixiy yozma manbalar va hujjatlarni tahlil qilish metodi diniy tashkilotlarning tipologiyasini yaratish, dinning evolyusiyasi bosqichlarini o‘rganish, protestantizmning kapitalizmning rivojiga ta'sirini aniqlash paytida qo‘llanilgan. V.V.Rozanov kontent analiz usuli vositasida xristianlik tarixining qaysi bosqichlarida “yorug‘lik” (xursandchilik, bayramlar, tinchlik) va qaysi bosqichlarida “zulmat” (azob-uqubat) ustunlik qilganini aniqlagan. Sotsiolog din fenomenini o‘rganish davomida sotsiologiyada qo‘llaniluvchi turli metodlardan foydalanadi. Ba'zan tadqiqot to‘liq bo‘lishi uchun bir qancha metodlarni kompleks tarzda qo‘llash maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling