Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Dinning vazifalari va diniy tashkilot turlari
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
3. Dinning vazifalari va diniy tashkilot turlari
Din o‘ziga xos bo‘lgan turli vazifalarni bajarish barobarida jamiyatdagi individ va guruhlarning ehtiyojlarini qondiradi. Funksional yondashuv dinning sotsial fenomen sifatida o‘rganish imkonini yaratdi. Ammo har bir jamiyat o‘z xususi yatlari va unda amal qiluvchi madaniyat nuqtai nazaridan farqlangshani uchun dinning har bir jamiyatda bajaruvchi funksiyalari ham bir xil emasligini inobatga olish lozim. Shuning uchun hamma dinlar uchun universal bo‘lgan funksiyalarning ketma-ketligini ko‘rsatish qator qiyinchiliklarga ega. Funksional yondashuv nuqtai nazaridan din jamiyatda integratsiyalovchi va barqarorlikni ta'minlash vazifani bajaradi. Ammo zamonaviy jamiyatlarda ko‘p hollarda jamiyat integratsiyasi va barqarorlitgi ko‘p hollarda qonunchilik va huquq tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Undan tashqari bugungi kunda din ba'zan jamiyatni dizintegratsiyalovchi omil sifatida o‘z xususiyatlarini namoyon qilmoqda. Bitta din turli jamiyat va madaniyatlar bilan hamkorlikda turli xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bu vazifalar jamiyat uchun ham ijobiy, g‘ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shularni inobatga olgan holda dinning quyidagi to‘rtta funksiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1.Mazmun yoki mohiyat funksiyasi 2.Tegishlilik yoki identifikatsiya funksiyasi 3.Sotsial integratsiya va barqarorlik funksiyasi 4.Madaniy qadriyatlar, asosan ahloqiy normalarning muqaddaslashtirilishi funksiyasi. Birinchi va ikkinchi funksiyalar bevosita shaxsga, qolgan ikkitasi esa sotsial strukturalarga qartilgan ta'sirni ifodalaydi. Mazmun yoki mohiyat funksiyasini M.Veber barcha dinlarga xos bo‘lgan asosiy funksiya sifatida baholagan. Din insonning hozirgi hayotidagi adolatsizlik, azob-uqubatlari va o‘limi holatini “narigi dunyo”dagi farog‘at uchun ahamiyatli, deya talqin qiladi. Bunda dinlarning kompensatorlik effekti namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda din imazkur funksiyasi doirasida insonning jamiyatda boshqa insonlarni ham inobatga olishi hamda hurmat qilishi, hamkorlikda yashashi kerakligi kabi fikrlarni isngdiradi. Din insonning identifikatsiyasida muhim o‘rinni egallaydi. U insonning butun umri davomida – bolaligidan keksaligigacha sotsializatsiyasida ishtirok etib, uning milliy o‘zligini ta'minlashda ham ma'lum vazifani bajaradi. Insonning yoshiga aloqador bo‘lgan urf-odatlar ko‘pchilik dinlarda mavjud. Shaxs o‘zini jamiyatning aksariyat qismiga tegishli ekanligini sezishi uchun ham azkur an'analarga rioya qilishga majbur bo‘ladi. Dyurkgey dinning mazkur funksiyasini eng muhim funksiya sifatida baholagan. Chunki u orqali jamiyatda guruhiy birdamlik va identifikatsiya ta'minlangan. Ammo mazkkur xolat individ psixologiyasiga dinning mumkin bo‘lgan salbiy ta'sirlarini inkor qilmaydi. U jamiyatdagi bardoshsizlik yoki konformlik holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Dining sotsial integratsiya va barqarorlikni ta'minlash funksiyasi an'anaviy jamiyatlarda samarali hisoblanadi. Ammo jamiyatning differensiatsiyasi va plyuralizmning o‘sishi sharoitida hyech bir mahalliy din mazkur vazifani to‘laqonli bajara olmaydi. Madaniy qadriyatlar, asosan ahloqiy normalarning muqaddaslashtirilishi funksiyasi ham asosan an'anaviy jamiyatlar uchun xos bo‘lib, dinning mazkur imkoniyati jamiyatning rivojlanishi barobarida chegaralanib boradi. Diniy tashkilot turlari Jamiyat va din rivojining primitiv bosqichyaida alohida sotsial struktura sifatida diniy tashkilotlar mavjud bo‘lmaydi. Tarixiy jihatdan eng qadimgi diniy uyushmalar “vital” tipidagi (tabiiy ravishda hosil bo‘lgan) birliklar bo‘lib, ularga oila, urug‘, jamoa, xalq kirgan. Ular o‘zaro qarindoshlik asosidagi identifikatsiya asosida birlashib, diniy e'tiqod mazkur identifikatsiyaga yondosh xususiyat sifatida shakllangan. Bunday din shakllari “xalq dinlari”, “diffuz dinlar” nomini olgan. Qadimgi Yunoniston va Rim diniy rahnamolar va xatto ularning kollegiyasi tashkil topgan bo‘lsada, bu davrda din hali to‘laligicha shakllknmagan va xali ham madaniyatning bir bo‘lagi sifatida amal qilgan. Xristianlik dinida cherkov va sekta diniy tashkilotlarning ikki xil ko‘rinishi sifatidanamoyon bo‘ladi. Amalda mavjud bo‘lgan diniy tashkilotlar odatda hyech qachon mazkur tashkilot modellariga barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘laqonli ravishda muvoffiq kelmaydi. Ammo mazkur tushunchalar evristik qadriyatga ega. Ular diniy tashkilotlarning tipologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Mazkur ikki tashkilotdan og‘uvchi va ularga yondosh bo‘lgan diniy tashkilot turlari ham mavjud. R.Nibur AQShdagi diniy tashkilotlarni o‘rganish davomida146 sekt alar vaqt o‘tishi bilan ularga xos bo‘lgan tipik xususiyatlarni yo‘qotishini aniqlagan. Yopiqlik xarakteri va elitarlik xususiyati o‘z safiga istalgan shaxsni qabul qilishga tayyorlik xususiyatiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. “Ongli ravishda safiga qo‘shilish” xususiyati shu e'tiqodda tug‘ilganlar uchun o‘z ma'nosini yo‘qotadi. Chunki ular tug‘ilib, ota-onasi tufayli mazkur e'tiqodga amal qilishni boshlagan hisoblanadi. Hayotni inkor qilish yoki unga bo‘lgan befarqlikning o‘rnini sotsial hayotdagi faol ishtirok va sotsial tartib-qoidalarni qo‘llab-quvvatlash holati almashtiradi. Ammo sektalardagi shu kabi o‘zgarishlarr ularni to‘laqonli ravishda cherkov sifatida talqin qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki ular jamiyatning keng tabaqalari orasida yetarli darajada tarqalmagan bo‘ladi. Undan tashqari ular fuqarolarning milliy identifikatsiyasini ta'minlay olmaydi va davlatga sidqidildan vafodorlik ko‘rsata olmaydi. R.Nibur diniy tashkilotlarning mazkur turini “denominatsiya", ya'ni sekta va cherkov o‘rtasidagi oraliq tashkilot sifatida nomlagan. Niburning fikricha, denominatsionalizm AQSh jamiyatiga xos bo‘lgan hodisa bo‘lib, uning asosiy sababi mazkur jamiyatda o‘rnatilgan diniy plyuralizm va davlat cherkovi maqomiga da'vo qilishi mumkin bo‘lgan diniy tashkilotning mavjud emasligidir. Amerikada 200 dan ortiq yirik denominatsiyalar faoliyat olib boradi. Nibur sekta - denominatsiya – cherkovni dinning rivojlanish bosqichlari sifatida baholaydi. Jamiyat va e'tiqod o‘rtasidagi qadriyatlarning bir-biriga muvoffimq kelmasligi insonni o‘zining asosiy dinidan voz kechib biror sektaga murojaat qilishiga olib keladi.Konflikt yayangi turdagi diniy guruhlarni yuzaga keltirishi mumkin. Cherkov, deminatsiya va sektalar qator farqlarga ega bo‘lgan holda o‘zining o‘xshasha tomonlariga ham ega sanaladi. Ulparning barchasida a'zolarining joylashuvi va vazifalari qat'iy belgilab berilgan bo‘ladi. G.Bekker zamonaviy jamiyat va undagi din fenomenini o‘rganish davaomida dinning shunday shaklini ajratib, talqin qilganki, unga ko‘ra mazkur din biror diniy tashkilot emas, balki faqat a'zolarining ishtiyoqi (entuziazmi) asosida faoliyat olib boradi. Bekker dinning mazkur shaklnini "kult" nomi bilan atagan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling