Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Empirik sotsiologik tadqiqotlarning shakllanish asoslari
Tayanch iboralar
Аmаliyot, tаrаqqiyot yo‘li, ijtimоiy inqilоb, rеfоrmа, o‘tish davri, tаdrijiy (еvаlyutsiоn), shоk tеrаpiya yo‘li. Test savollari 12-mavzu. Empirik sotsiologik tadqiqotlar Reja: Empirik sotsiologik tadqiqotlarning shakllanish asoslari Empirik sotsiologik tadqiqot dasturi Empirik sotsiologik tadqiqot metodlari Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning shakllanish asoslari Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida qaror topishi nazariy bilimlarning rivojlanish sohasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi bilan birgalikda ko‘p asrlik amaliy tadqiqotlar tajribasiga ham tayanadi. Mana shunday amaliy tadqiqotlar doirasida sotsiologiyaning empirik tadqiqotlari uchun zamin shakllandi. Ma’lumki, qatolr sabablarga ko‘ra uzoq vaqt davomida empirik va nazariy sotsiologiya avtonom tarzda rivojlandi. XVII asrdan boshlab empirik sotsial tadqiqotlarning metodologiyasi va metodlarini ishlab chiqish masalasi odatda tabiiy fanlar namoyondalari va matematiklar tomonildan olib borilgan. Ular orasida Dj. Graunt, E.Galley, YA.Bernulli, PLaplas, J.Fure kabilarni ko‘rsatishimiz mumkin. Nazariy sotsiologiyaning yaralishi esa X1Xasrda faylasuflar va ijtimoiy fanlar namoyondalari tomonidan olib borilgan. Sen-Simon, O.Kont, E.Dyurkgeym, G.Zimmel, F.Tyonnis va boshqalar. Fanning shakllanishi bosqichida uning empirik va nazariy qismlari o‘rtasidagi uzilish amaliy va nazariy qismlarning maqsadidan kelib chiqqan edi. Jamiyatdagi qashshoqlik, jinoyatchilik, mehnatkashlarning og‘ir ijtimoiy ahvorli kabi dolzarb muammolar ularni empirik jihatdan tez fursatda o‘rganish va bartaraf etishni nazarda tutgan. Jamiyat to‘g‘risidagi hamda undagi dolzarb muammolarni o‘rganuvchi fanni yaratish ehtiyoji va mazkur ehtiyojning ilmiy anglanishi uchun biroz fursat talab etilgan. Sotsiologiya fanining empirik tadqiqotlar va nazariy bilimlar qismlarining turli davrlarda shakllana boshlaginini shu bilan asoslash mumkin. Sotsiologlar tomonidan ilk qo‘llanilgan tarixiy-taqqoslash usuli qat’iy faktlarni talab qilmagan va olimning fikrlarini tasdiqlovchi tarixiy illyustratsiya sifatida namoyon bo‘lgan. Jamiyatning strukturasi va xususiyatlarini miqdoriy jihatdan tahlil qilish ehtiyoji davlatlarning qaror topishi va ular o‘rtasidagi ilk hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan qadim davrlarga borib taqaladi. Aholining soni, mol-mulk miqdori kabi xususiyatlarni inobatga olgan miqdoriy tadqiqotlar qadimgi Misr, Xitoy, YAponiya, Hindiston, yahudiy va hindlar manbalarida uchraydi. Qadimgi Yunonistonda Solon (m.a. 640 — 559y) hukmronligi davrida aholi daromadlarini inobatga oluvchi miqdoriy tadqiqotlar olib borilgan. U aholining mavqeini qabilasi emas, balki mulk miqdori asosida belgilanishini joriy qilgan. SHunga ko‘ra, aholi to‘rt toifaga ajratilgan. Mulkining miqdori asosida ularning xuquqlari va yashash hududi ajratib berilgan. Natijada aholining o‘zi o‘z daromadi haqida ma’lumotlarni hukumatga etkazishdan manfaatdor bo‘lgan. Qadimgi Afinada aholining migratsiyasi, o‘limi va tug‘ilishlar soni doimiy ravishda nazorat qilingan. Rimning afsonaviy asoschisi (m.a. 754-753yy.) Romulning hukmronligi davridayoq aholini ro‘yxatga olish amaliyoti amalga oshrilgan. O‘z davlatining harbiy va moliyaviy ahvoli, shuningdek, o‘z hukmronligi davrida amalga oshirgan yutuqlarini haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun Romul hukmronligining boshida va so‘ngida aholini ro‘yxatga olishni amalga oshirgan ekan. Ko‘rinib turibdiki, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o‘tish natijasida hamda davlatlarning qaror topishi, siyosiy va harbiy tashkilotlarning shakllanishi oqibatida jamiyatdagi sotsial va tabaqaviy tuzilishni o‘rganish, aholiga aloqador bo‘lgan turli xususiyatlarni (soni, daromadi, yoshi, kasbi) aniqlash ehtiyojini yuzaga keltirib, empirik sotsiologik tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Ilk aholini ro‘yxatga olish va xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratish vazifasini harbiy boshliqlar amalga oshirishgan. Keyinchalik buning uchun mahsus amaldorlar – senzorlar faoliyat olib borishgan. Aholini ro‘yxatga olishning shakllari va usullari davlatning rivojlanganlik darajasi bilan baholangan. Bu shakl va usullar davlatning rivojlanishi barobarida takomillashib borgan. Misol uchun skif podshohi Ariantas o‘z harbiylarining sonini bilish uchun hammaga o‘lim tazyiqi ostida nayza uchini olib kelishni buyurgan. Nayzalar soni harbiy askarlarning sonini aniqlab bergan. Buyuk sarkarda va davlat boshlig‘i A.Temur 1370 yil Iliy vodiysiga yurishi paytida askarlarining sonini aniqlash maqsadida ularga Tyan-SHan tog‘i etagiga bittadan tosh tashlashni buyurgan. Toshlardan hosil bo‘lgan tepalikning qay darajalda ekanligi orqali Temur o‘z harbiy kuchini baholagan. O‘rta asrlarda aholini ro‘yxatga olish va turli xususiyatlar asosida guruhlarga ajratish ommaviy so‘rovlar shaklida amalga oshirilgan. Tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar yozma ravishda manbalarda qayd etilgan. Vaqt o‘tishi bilan bunday tadqiqotlar ma’lum vaqt oralig‘ida va takroriy o‘tkazilish xarakteriga ega bo‘lgan. Ammo o‘rta asrlarda bunday tadqiqotlarning miqdori ko‘p bo‘lmagan. Ulardan eng yirigi Angliyada Vilgelm Zabt etuvchi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan “Dahshatli Sud kuni” nomini olgan aholini ro‘yxatga olish kitobidir. Mazkur amaliyot 1083-1086yillar davomida o‘tkazilgan bo‘lib, uning tajribasidan foydalangan holda XIII asrdan boshlab cherkov tug‘ilgan va qazo qilgan aholini ro‘yxatga olishlarni amalga oshirgan. veka serkov, kak ukazыvaet A.I.Chuprov, nachala vesti spiski rodivshixsya i umershix (diptycha mortuorum) [sm.: 301. S. 18]. Uyg‘onish davrida savdo va xalqaro tovar-pul munosabatlarining shakllanishi oqibatida Italiyaning va Gollandiyaninng ko‘plab shaharlarida chiqim va daromadni, moddiy qadriyatlar va mehnat resurslarini inobatga oluvchi hujjatlar olib borilgan. Dengiz orqali tovarlarni o‘tkazish natijasida ularni kafolatlash ehtiyoji yuzaga keladi. SHu tariqa olingan ma’lumotlar amaliy qarorlarni qabul qilishda ko‘maklashgan. XVII asrda sotsiologiyaning empirik asosi shakllana boshlagan. Zamonaviy sotsiologiyaning bu davrdagi asosiy manbalari va zamini demografiya, iqtisodiy geografiya, qisman tarix, siyosiy iqtisodiyot, nazariy statistika va uning statistika hamda siyosiy arifmetika qismlari bo‘ldi. Dj.Sinklerning xo‘jalik hayotiga aloqador bo‘lgan «Shotlandiyaning statistik tarxi» nomli 21 tomlik tadqiqoti davomida 116 punkdan iborat bo‘lgan so‘rovnoma tuzilib, uning 60tasi aholi va uning qator xususiyatlariga aloqador bo‘lgan. Bular jinsi, yoshi, kasbi, diniy kelib chiqishi, tug‘ilishi, o‘limi, o‘z-o‘zini o‘ldirish holati, alkogolizmga ruju quyganlar, ishsizlar soni va h.k. XVII-XVIII asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan fanlar doirasida jamiyatdagi sotsial tartibni aniqlashtiruvchi qator sotsial faktlarni o‘rganish va ularningn rivojlanishini baholash tendensiyasi ustunlik qilgan. Empirik sotsiologik tadqiqotlar jadallik bilan Evrpada XIX asr boshlarida rivojlana boshladi. Sotsiologik tadqiqotlarning bunday jadal rivojlanishiga jamiyatdagi sotsial muammolarning keng miq’yosda va tez sur’atlarda yoyilishi, kapitalizmning rivojlanishi oqibatida qator o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi sabab bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlarga shaharlarning tez sur’atlarda o‘sishi, boy va kam ta’minlanganlar o‘rtasidagi keskin qutblanish, pauperizatsiya, alkogolizm va jinoyatchilikning ortishi, sinfiy kurashlarning keskinlashuvi va h.k. kiradi. Bularning barchasi o‘sha davrda yaratilgan ta’limotlarning mazmun va mohiyatini belgilab berdi. Natijada sotsiologiya yaratilguniga qadar turli ijtimoiy fanlar doirasida jamiyatning ehtiyojlaridjan kelib chiqqan holda empirik sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazildi. Ular aholi o‘rtasida turli ro‘yxatga olishlar, tadqiqotlar, statistik ro‘yxat olishlar, sahovatlik jamiyatlarining tashkil topishi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ldi. Jamoatchilikning turli kasb vakillari, jumladan, shifokorlar, o‘qituvchilar, tabiiy fan vakillari, tadbirkorlar qatnashgan. Mazkur tadqiqotlarning asosiy maqsadi jamoatchilikni axborotlashtirish va mobillash tutishdan iborat bo‘lgan. Axborotlarni yig‘ish jamiyatdagi sotsial muammolarning echimini tpib beruvchi islohortlarini belgilash va amalga oshirishda muhim sanalgan. Demak, bu davrda olib borilgan ilk sotsiologik tadqiqotlar boshqaruvdagi muammolarni xal etish maqsadida amalga oshrilgan. Mazkur davrda empirik tadqiqotlar doirasida sotsial gigiena (sotsial sanitariya) yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Uning asosiy vakillari Angliyada E.CHaduik, Fransiyada L.Villerme (1782-1863), A.Paran-Dyushatle (1790-1836), Germaniyada R.Virxov (1821-1902). Sotsial gigienaning birinchi vazifasi, shahar ishchi aholisining holati to‘g‘risidagi etishmaydigan axborotlarni to‘ldirish, ikkinchidan kam ta’minlangan aholi qatlamining hayotini sog‘lomlashtirish. Mazkur yo‘nalish vakillarining tadqiqotlari sog‘liqni saqlash sohasida davlatning amalga oshirgan islohotilari uchun kerakli ma’lumotlarni etkazib bergan va yutuqlarga erishgan. Ular amaliyotga axborotlarni yig‘ishning o‘sha davr uchun yangi bo‘lgan intervyu usulini kiritgan. Sotsial axborotlarning turlarga ajratilishi oqibatida XIXasrning o‘rtalarida empirik tadqiqotlarning yana bir yo‘nalishi – ahloqiy statistikaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishning asosiy namoyondalari Angliyada— Dj.Key-Shattluort, Fransiyada— A.Gerri (1802-1867), Germaniyada— A.Vagner bo‘ldi. Ahloqiy statiska yo‘nalitshi vakillarining asosiy maqsadi aholining ahloqiy va intellektual xususiyatlari borasidagi miqdoriy ko‘rsatkichlarni yig‘ishdan iborat bo‘lgan. Jinoyatchilik va ma’lumotlilik darajasi mazkur t adqiqotlar davomida o‘rganilgan. Ahloqdan og‘ish holatlari ko‘p hollarda kam ta’minlangan va kambag‘al aholi qatldamlari orasida ko‘p uchragani uchun mazkur tadqiqotlar asosan shu qatlamlar o‘rtasida amalga oshirilgan. SHunday qilib, Evropa mamlakatlarida XIX asrning 30-40 yillarida sotsiologiya fan sifatida qaror topdi va uning jamiyat hayotidagi turli sohalarga aloqador tadqiqotlari sotsiolok empirik tadqoqotlar uchun asos bo‘ldi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling