Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Raqamli iqtisodiyot risklari va muammolari


Download 2.84 Mb.
bet12/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Raqamli iqtisodiyot risklari va muammolari
Yangi risklar va muammolarraqamli texnologiyalarni rivojlantirish va keng joriy qilish bilan bog‘liqdir va bizning fikrimizcha,ularning orasida esaquyidagilar asosiy bo‘lib hisoblanadi:

  • mamlakatning «raqamlisuvereniteti»ga tahdid;

  • davlatning raqamli iqtisodiyotning transchegaraviy rolini qayta ko‘rib chiqish;

  • xususiy hayotga daxl qilinishi/fuqarolarnipotensialkuzatish imkoniyati;

  • ma’lumotlar havfsizlik darajasining pasayishi;

  • past va o‘rta malakali ish o‘rinlari sonining kamayishi;

  • biznes-modellar va o‘zaro aloqa sxemalari murakkablik darajasining ortishi;

  • iqtisodiyotning barcha sohalarida raqobatning keskin kuchayishi;

  • ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar xulq-atvor modellaridagi o‘zgarishlar;

  • ma’muriy va soliq kodekslarini qayta ko‘rib chiqish zarurati.

1.4. Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatgichlari
Raqamli iqtisodiyotni boshqa turdagi iqtisodiyotlardan ajratib turadigan jihatlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin (bu aytilganlar shak-shubhasiz elektron tijoratga ham tegishli):

  1. Bunda iqtisodiy faoliyat asosiy e’tiborni raqamli iqtisodiyot platformalariga qaratadi.

Raqamli iqtisodiyot yoki elektron tijorat platformasi – iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlaydigan, shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqa qilish imkoniyatlarini amalga oshiradigan servis va funksiyalar to‘plamiga ega bo‘lgan raqamli muhitdir (ya’ni, dasturiy-apparat kompleksdir).Bunday platformaning vazifasi–qatnashchilar orasida o‘zaro aloqa jarayonini ta’minlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyatidadir. Platformalarharajatlarni kamaytiradi va ta’minotchilar uchun ham, iste’molchilar uchun ham qo‘shimcha funksional imkoniyatlar taqdim etadi. Ular, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida o‘zaro axborot almashinishni ham ko‘zda tutadi, bu esa hamkorlikni sezilarli darajada yaxshilashi hamda innovatsion mahsulotlar va yechimlar yaratishga hizmat qilishi lozim.«Platforma» biznes-modelsifatida uzoq vaqtdan buyon mavjud. Bunga oddiy misol qilib sotuvchi va xaridorlar (ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar) bir-birini topadigan klassik bozorni keltirish mumkin. Hozirgi kunda platforma biznes-modellari tamoyillari sifatida ularning asosida faoliyat ko‘rsatadigan ko‘plab faol o‘sib borayotgan kompaniyalarni aytib o‘tish mumkin bo‘lib, ularning eng mashhurlari Uber va Airbnb hisoblanadi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling